Leica kameralariga ega bo‘lgan Xiaomi smartfonining jonli suratlari e’lon qilindi

Leica kameralariga ega bo‘lgan Xiaomi smartfonining jonli suratlari e’lon qilindi

Xiaomi o‘tgan haftada rasman Leica kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini e’lon qilgan edi. Ushbu hamkorlikdagi ilk smartfon iyul oyida taqdim etilishi kutilmoqda. 

Kecha internetda yangi Xiaomi 12S modelining jonli suratlari tarqaldi. Suratda ko‘rinib turibdiki, smartfonning kamera modulida Leica yozuvi bor. Demak, hamkorlikdagi ilk smartfon Xiaomi 12S bo‘ladi. 

Xiaomi 12S va 12S Pro modellari o‘tgan oyda IMEI ma’lumotlar bazasida paydo bo‘lgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ikkila qurilma Snapdragon 8+ Gen1 chipi bilan jihozlanadi. Kamera texnik ko‘rsatkichlari esa Xiaomi 12 modellari bilan bir xil bo‘lishi aytilmoqda. Ammo Leica bilan hamkorlik kameraning ayrim jihatlarini takomillashtirishi mumkin. 

O‘QING: MediaTek kompaniyasi yangi Dimensity 1050 chipini taqdim etdi