Lenovo afsonaviy ThinkPad klaviaturasini endi desktop versiyada chiqardi (+video)

  •   DiMaX
  •  737
  •  29.04.2020 17:36

Lenovo afsonaviy ThinkPad klaviaturasini endi desktop versiyada chiqardi (+video)

Noutbuklarni yaxshi tushunadiganlar Lenovo ThinkPad turkumidagi laptoplarni qadrlashadi. Uning dizaynidagi o‘ziga xosliklaridan biri – klaviaturaning o‘rtasiga joylangan TrackPoint joystigi bo‘lib, u noutbukni sichqonchasiz boshqarishni osonlashtiradi.

O‘QING: Premium mahsulotlar ishqibozlari uchun Lenovo taqdim etadi: ThinkPad T480 (to‘liq tavsif)

Lenovo endi desktop kompyuterlar egalariga ham shunday klaviaturadan foydalanish imkonini taqdim etdi. Ya’ni, u portativ va statsionar kompyuterlar bilan kelishib ishlovchi ThinkPad TrackPoint II simsiz klaviaturasini sotuvga chiqardi.

Klaviatura kompyuterga Bluetooth yoki USB-resiver orqali bog‘lanadi. Microsoft Swift Pair texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi evaziga, u bir vaqtning o‘zida ikkita qurilma bilan ham bog‘lana oladi. «Qaychili» mexanizmga ega bo‘lgan 84 ta klavishli mazkur aksessuar nafaqat Windows 7 va Windows 10 tizimli kompyuterlar, balki Android-qurilmalarga ham tushadi.

O‘QING: Black Shark 3 hamda Red Magic 5G geymerofonlarini yakson etuvchi Lenovo Legion ilk rasmiy suratda!

Lenovo’ning ta’kidlashicha, USB-C porti orqali zaryadlanuvchi akkumulyatorining to‘liq quvvati naq ikki oy ishlashga yetadi! Klaviaturaning 15 daqiqa davomida olgan quvvati esa bir hafta ishlash imkonini beradi.

Ko‘rish imkoniyati pastroq bo‘lganlar uchun ThinkPad TrackPoint II klaviaturasi tugmachalarida maxsus bo‘rtma belgilar ham ko‘zda tutilgan.

O‘QING: Apple asoschisi Moskvada: «Barcha ko‘zi ochiqlarni ko‘rga aylantiribmiz»

Quyida mazkur klaviaturaning rasmiy videoroligini tomosha qilamiz:

ThinkPad TrackPoint II o‘lchamlari 306x164x14 millimetrni, vazni esa 490 grammni tashkil etadi. AQShda uni allaqachon 99,99 dollardan sotuvga chiqarishdi. Boshqa hududlar bozorlariga bu klaviaturaning chiqishi va narxlari haqida Lenovo keyinroq ma’lumot bermoqchi.

O‘QING: Lenovo dunyodagi ilk qayishqoq ekranli noutbuk – ThinkPad X1’ni namoyish etdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!