Lenovo o'zining cho'ziladigan ekranli sirli noutbukni ko'rsatdi (video)

Lenovo o'zining cho'ziladigan ekranli sirli noutbukni ko'rsatdi (video)

O'zining Tech World 2022 taqdimotida Lenovo bo'yiga cho'ziladigan ekranli noutbukni namoyish qildi. Demo videodan ko'rish mumkinki, kompyuter ekrani klaviatura ostidan asta sekinlik bilan yuqoriga tortiladi va u juda uzun bo'yli ekranga aylanadi.

Siz ekranni istalgan joyda ushlab qola olasizmi yoki ekran to'liq cho'zilib olishini kutasizmi, bu hozircha noma'lum (ammo ikkinchisi haqiqatga ko'proq to'g'ri keladi). Shuningdek, noutbuk ekrani o'lchamlari ham oshkor qilinmagan, lekin "ko'z mo'ljal" qilinadigan bo'lsa, 9 dyuym atrofidagi ekran 13.5 dyuym atrofidagi ekranga cho'zilayotgan bo'lishi mumkin. Bunda ekran tahminan 50 foiz qo'shimcha ekran bilan kengaymoqda. Bu xuddi noutbuk uchun ikkinchi monitorni uning klaviaturasiga joylab qo'yilgandek gap.

Albatta, bu konsept loyiha bo'lib, noutbuk haqiqatda bozor yuzini ko'rishi aniq emas, biroq, bunday qurilmaning chiqarilishi bir necha yillarsiz bo'lmaydi.

O'QING: Bunaqasi hali bo‘lmagan: Motorola o‘zining cho‘zinchoq smartfonini ko‘rsatdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!