Lenovo ikki joyidan buklanuvchi qayishqoq ekranli noutbuk tayyorlayapti

  •   DiMaX
  •  558
  •  12.01.2019 10:52

Lenovo ikki joyidan buklanuvchi qayishqoq ekranli noutbuk tayyorlayapti

Turli kompaniyalar buklanuvchi smartfon va planshetlar tayyorlayotgan bir paytda Lenovo yanada oldinroqqa intilmoqda. U virtual klaviaturali, Windows 10 tizimida ishlovchi buklama noutbuk uchun patent oldi.

O‘QING: Smartfon displeyidagilarni kompyuterga simsiz uzatishning eng oson yo‘li

Yangicha noutbukning dizayni yaqinda e’lon qilingan patent hujjatlarida fosh etildi. Noutbuk korpusi ikki joyidan buklanishi mumkin. Shu bo‘limlardan birida protsessor, xotira va klaviatura joylashadi. Qolgan ikki qismini esa qayishqoq displey egallaydi.

To‘g‘ri, bu hozircha patent, xolos, ammo Lenovo bu loyihaga jiddiy kirishgan ko‘rinadi. Zero, mazkur kompaniya keyingi paytlarda turli sohalarda ko‘pchilik raqiblaridan o‘zib ketayotir.

O‘QING: Snapdragon 855 va 12/512 GBgacha xotirali ilk smartfon – atigi 390 dollardan boshlanuvchi Lenovo Z5 Pro GT taqdim etildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!