Lenovo K8 Note rasman taqdim qilindi

Lenovo K8 Note rasman taqdim qilindi

2017 yilning 9 avgust kuni Lenovo kompaniyasi K8 Note smartfonini taqdim qildi. Devays 10 yadroli MediaTek Helio X23 protsessoriga hamda qadoqdayoq  Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimiga ega bo‘lgan.

Helio X23 chipida qo‘sh Cortex-A72 yadrolari bo‘lib, ularning ishlash tezligi 2,3 GGs.gacha chiqadi. Shuningdek, 4 ta Cortex-A53 yadrolarining chastota tezligi 1,85 GGs va 1,4 GGs.ga yetadi. Garfik-tasvirlarni qayta ishlash uchun Mali T880 MP4 video-kartasi mas’ul.  Lenovo K8 Note'da LTE FDD/TDD R11 Cat-6 (300 Mbit/s.gacha) mobil aloqa modemi o‘rnatilgan.

Lenovo K8 Note 5,5 dyuymli va 2,5D effektidagi shisha bilan qoplangan Full HD displey, 3 yoki 4 Gb operativ xotira, 32 yoki 64 Gb doimiy xotira bilan ta’minlangan.

Yana bir o‘ziga xosligi -- Lenovo K8 Note bosh kamerasi qo‘sh sensorli. Bosh kamera uchun tanlangan 13 Mp va 5 Mp modullar, shuningdek 13 megapikselli, keng burchak ostida suratga oluvchi old kamera ko‘ngildagidek suratga olishga yordam beradi.

Smartfon barmoq izlari skaneri, Wi-Fi 802.11 b/g/n va Bluetooth 4.2 simsiz moduli, FM-tyuner, 4000 mA soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lgan.

Lenovo K8 Note o‘lchamlari: 154,5 x 75,9 x 8,5 mm., vazni: 180 gramm.

Lenovo K8 Note tez orada $205 (3 Gb+32 Gb) hamda $220 (4 Gb+64 Gb) bahosida sotuvga chiqarildi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!