Lenovo Legion 2 Pro'ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Lenovo Legion 2 Pro'ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Bu oy geymerlar uchun ZTE nubia Red Magic 6 seriyasi, Asus ROG Phone 5 lineykasi hamda Xiaomi Black Shark 4 va 4 Pro smartfonlari namoyish etildi. Endi esa navbat Lenovo Legion 2 Pro devaysiga. Qurilma 8 aprel kuni namoyish etilishi rejalashtirilgan.

O‘QING: Lenovo Legion Pro 2 smartfoni Geekbench'da «qo‘lga tushdi»

Ushbu yangilik Lenovo'ning Weibo'dagi sahifasida e’lon qilingan. Lenovo Legion 2 Pro ikkitalik turbo sovitish tizimiga ega bo‘lib, hali hech qaysi o‘yinbop smartfon bunday imkoniyatiga ega emas.

Shuningdek, qurilmaga Snapdragon 888 chipi, 16GB tezkor xotira o‘rnatilishi kutilmoqda. Smartfon ikkita USB-C portiga ega bo‘lib, 110 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: Lenovo Legion Duel namoyish qilindi: eng kuchli, eng original, eng o‘yinbop smartfon atigi 500 dollardan!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.