Lenovo Legion – «barcha ko‘zlari belida» joylashgan ilk smartfon! (+rasmiy suratlar va video)

  •   DiMaX
  •  2792
  •  16.05.2020 16:56

Lenovo Legion – «barcha ko‘zlari belida» joylashgan ilk smartfon! (+rasmiy suratlar va video)

Geymerlarga mo‘ljallangan barcha smartfonlarni Lenovo kompaniyasi o‘zining Legion modeli bilan yakson etishga so‘z bergan. Biz avvalroq uning birinchi rasmiy suratini va ayrim jihatlarini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Bu rekordchi flagman atigi 15 daqiqadayoq to‘liq quvvatlanib ulguradi!

Internetda tarqalayotgan rasmlari uning umuman o‘zgacha dizaynga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Kompaniya mazkur modelning geymerlarga maksimal darajada qulay bo‘lishi yo‘lida chindan ham zahmat chekkan.

Avvalo, Lenovo Legion uchun eng so‘nggi – Android 10 operatsion tizimi bazasida ZUI 12 nomli maxsus grafik qobiq ishlab chiqilgan. Kompaniya mazkur geymerofonini «gorizontal ekran» so‘zlari bilan reklama qilyapti.

O‘QING: Google Play’dan naq 16 ta o‘yinni bepul olishga ulguring! (tayyor havolalar)

Chindan ham, smartfon o‘yin davomida geymerning qo‘lida gorizontal holatda turishini hisobga olib, uning displeyi va interfeysini, barcha tugmachalarini va datchiklarini shunga moslab ishlab chiqishgan. Lenovo Legion’ning qo‘shaloq asosiy kamerasi va fotochaqnog‘i orqa panelning o‘rtasiga o‘rnatilgan.

Bunisi-ku mayli, gadjetning hatto selfi-kamerasi ham «qoq belida» joylashgan – uni korpusning yon qirrasidan chiquvchi mexanizmga o‘rnatishgan. Ya’ni, smartfon geymerlar qo‘liga o‘ta darajada moslangan – bunaqasini hali ko‘rmagansiz!

Blogerlar hali taqdimotdan ham avval Legion’ning insayderlar tarqatgan rasmlari va boshqa ma’lumotlarga asoslanib, uning videotavsiflarini tayyorlashmoqda. Quyida shulardan birini (ingliz tilida) ko‘rishingiz mumkin:

Lenovo avvalroq rasman ma’lum qilganidek, Legion jamlanmasida rekord darajada – 90 vattlik texnologiya bo‘yicha quvvatlovchi adapter ham mavjud. Geymerofonning 4000 mA/soatlik akkumulyatori uning yordamida atigi 15 daqiqada to‘lishini aytishmoqda.

O‘QING: Eng zo‘r flagmanlarda eng keraksiz va hatto zararli bir funksiya bor!