Lenovo Legion Pro 2 smartfoni Geekbench'da «qo‘lga tushdi»

Lenovo Legion Pro 2 smartfoni Geekbench'da «qo‘lga tushdi»

Lenovo o‘tgan yilgi Legion Duel (yoki Legion Pro) smartfonining navbatdagi talqinini tez orada chiqarishga tayyorlanmoqda. 

Mish-mishlarga ko‘ra, Legion Pro 2 Qualcomm eng so‘nggi Snapdragon 888 chipida ishlaydi va barqaror unumdorlik uchun yaxshilangan parrakli sovutish tizimiga ega bo‘ladi. Lenovo L70081 model raqamiga ega, Legion Pro 2 smartfoni ekani taxmin qilinayotgan, qurilma Geekbench'da ko‘rinish berdi. Benchmarkning ko‘rsatishicha, devays 16GB tezkor xotiraga ega bo‘ladi. 

Smartfon yakka va bir necha yadroli sinovlarda  mos ravishda 1,129 va 3,763 ball to‘plashga erishgan. Bu esa Geekbench'da hozirga qadar qayd etilgan eng yuqori natijalardan. Natijalar oynasida yana ko‘rsatilishicha, smartfon Android 11'da ishlaydi. Qurilmaning boshqa xususiyatlari qatoriga 144Hz AMOLED ekran, UFS 3.1 tipidagi xotira, LPDDR5 toifasidagi operativ xotira hamda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorlar kiradi. 

O‘QING: Uchta versiyada ROG Phone 5 taqdim etildi – geymerlar orzusi! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!