Lenovo Legion Y90 smartfonining to‘liq texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Lenovo Legion Y90 smartfonining to‘liq texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Oxirgi ikki hafta ichida o‘yinbop Lenovo Legion Y90 smartfoniga oid ko‘plab ma’lumotlar sizdirildi. Yaqinda mashhur insayder qurilmaning to‘liq texnik jihatlari haqida ma’lumot berdi. 

Qurilma Snapdragon 8 Gen1 chipi hamda maksimal 18GB tezkor xotira bilan jihozlanadi. Xotira hajmini dinamik xotira kengaytirgichi orqali 22GB gacha oshirish mumkin. 

Smartfonga 144Hz yangilanish hamda 720Hz sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi 6.92 dyuymli Samsung E4 AMOLED displeyi o‘rnatiladi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu smartfonning displey texnik jihatlari o‘gan yilgi Legion 2 Pro qurilmasiniki bilan bir xil. 

Kamera haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, Legion Y90 modeli 64MP asosiy kamera, 16MP ultrakeng kamera hamda 44MP selfi kameraga ega bo‘ladi. 

Qurilmaning jismoniy tugmalari hamda sovutish tizimi takomillashtiriladi. 

O‘QING: Ushbu chipset GeekBench'da Snapdragon 8 Gen1 va Exynos 2200'dan ustun keldi