Lenovo noutbuklar uchun simsiz quvvatlagich taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  293
  •  25.06.2021 17:32

Lenovo noutbuklar uchun simsiz quvvatlagich taqdim etdi

Noutbuklari bilan tanilgan Lenovo kompaniyasi turli laptoplar uchun simsiz quvvatlantirgich vazifasini bajarish imkonini beradigan Go Wireless Charging Kit nomli yangi mahsulotini taqdim etdi. Unda ancha keng tarqalgan Qi standartidan emas, balki Energy Square’ning Power by Contact texnologiyasidan foydalanilgan, deb xabar beradi Daryo nashri.

O‘QING: 3—5 million so‘m oralig‘idagi noutbuklar narxlari bilan tanishamiz

Go Wireless Charging Kit jamlanmasi qalinligi 3,2 millimetr keladigan metalli quvvatlantirgich-gilamcha va uzun priyomnikdan tarkib topgan. Gilamcha rozetkaga ulanadi va qurilma ostida turadi, bu vaqtda priyomnik noutbuk asosiga va uning USB-C portiga qotiriladi.

Ta’kidlash kerakki, noutbuklar uchun simsiz quvvatlantirgich kamdan kam hollarda uchraydi. Dell kompaniyasi 2017 yilda dunyodagi birinchi simsiz quvvatlantirgich deya e’tirof etilgan Latitude 7285 quvvatlantirish qurilmasini taqdim etgandi. U klaviatura-podstavka orqali quvvatlantirish mumkin bo‘lgan planshet edi. Shuningdek, Intel ham Rezence magnit-rezonans quvvatlantirish standartini o‘z noutbuklariga moslashtirishga uringan, biroq natijada tijoriy muvaffaqiyatsiz keyslar paydo bo‘lgan.

Lenovo simsiz quvvatlantirish jamlanmasini 2021 yilning oktyabrida 140 dollar qiymatida sotuvga chiqaradi.

O‘QING: 5—10 million so‘m oralig‘idagi noutbuklar narxlari bilan tanishamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.