Lenovo Smart Storage shaxsiy fayllarni arxivlashni avtomatlashtiradi

Lenovo Smart Storage shaxsiy fayllarni arxivlashni avtomatlashtiradi

Xitoyning Lenovo kompaniyasi 6 TBgacha bo‘lgan disklarni o‘rnatish mumkin bo‘lgan shaxsiy bulutli xotira gadjetini taqdim qildi, deb yozmoqda 4PDA sayti.  Lenovo Smart Storage qurilmasi ikki diapazonli  Wi-Fi moduli bilan jihozlangan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir nechta apparatlar bilan sinxronlana oladi. Bu esa foydalanuvchiga shaxsiy xotira qurilmasiga dunyoning istalgan burchagidan Peer-to-Peer texnologiyasi bo‘yicha bog‘lanish imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari, gadjet rasmlarda yuzlarni tanish funksiyasiga ham ega bo‘lib, ma’lum inson rasmlari ishtirokida tasvir to‘plamlarini yarata oladi. Unga simsiz aloqadan tashqari, One Key Upload texnologiyasiga ega tezkor USB orqali ham ulanish imkoniyati mavjud. Foydalanuvchilar mobil qurilmalardagi kontentni gadjet bilan avtomatik tarzda sinxronlashlari mumkin.

Lenovo Smart Storage 140 dollar narxida shu yilning may oyida sotuvga chiqadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!