LG allaqachon buklama smartfondan tashqari o‘raluvchi OLED-televizor ham tayyorlagan! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  877
  •  03.11.2018 10:31

LG allaqachon buklama smartfondan tashqari o‘raluvchi OLED-televizor ham tayyorlagan! (+«jonli» video)

Egiluvchan displeyga ega buklama smartfonni birinchi bo‘lib taqdim etish uchun Samsung ham, Huawei ham dog‘da qoldi. Unchalik ham tanilmagan bir xitoylik kompaniya buklanuvchi, tag‘in Snapdragon 8150 protsessorli ilk smartfonni allaqachon sotuvga chiqarishgayam ulgurdi.

O‘QING: Ilk buklama 5G-smartfon – FlexPai bugundan sotuvga chiqdi, lekin bu Samsung ham, Huawei ham emas! (+«jonli» videolar)

Ayni shunday smartfon ustida bosh qotirayotganlar orasida LG kompaniyasi ham bor va uyam allaqachon buklama smartfon tayyorlagani aytilayotir. Bundan tashqari, CES 2019 ko‘rgazmasida u rulon shaklida o‘raluvchi televizorini ham taqdim etmoqchi! Bu haqda kompaniyaning ichki hujjatlarida so‘z yuritilgan, demoqda insayderlar.

Aytish kerakki, LG Display bundan bir yil avval diagonali 65 dyuymlik, qayishqoq 4K OLED-displeyni taqdim etgandi. O‘tgan yilgi CES 2018 anjumanida uning ko‘rgazma namunasi namoyish qilingan. Endi esa kompaniya tayyor mahsulot sifatidagi – bemalol bozorga chiqariladigan o‘rama televizorini taqdim etmoqchi.

Bulardan tashqari, LG ushbu ko‘rgazmada ThinQ AI tizimli «aqlli» texnika jihozlarini va o‘z robotlarini ham namoyish qilmoqchi. CES 2019 tadbiri kelasi yilning 9–12 yanvar kunlari AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.

Darvoqe, Terashop.uz internet-do‘konimizda mazkur kompaniyaning LG 43" Full HD Smart LED TV 43LJ610V rusumli televizorini 4 058 000 so‘mga sotib olish mumkin. Shuningdek, bu yerda hamyonbop – MOONX 32" 32K7000 modelidagi televizorni 1 419 000 so‘mga xarid qilish imkoni ham bor.

O‘QING: Samsung The Wall endi eng zo‘ri emas: LG rekord darajada ulkan va yupqa micro-LED TV yaratdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!