LG beshta kamerali V40 ThinQ flagmanini ilk rasmiy videoda ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  561
  •  27.09.2018 10:40

LG beshta kamerali V40 ThinQ flagmanini ilk rasmiy videoda ko‘rsatdi

Telefonlarning asosiy kamerasini uchta modulli qilib chiqarishni Huawei boshlab bergan bo‘lsa, undan so‘ng bir qator smartfonsozlar ham shunaqa modellarini tayyorlashmoqda. Jumladan, keyingi hafta taqdim etiladigan LG V40 ThinQ modeli ham shunaqalardan biri bo‘layotir.

O‘QING: LG V40: 5 kamerali flagman dizayni qanday bo‘lishi kerak?

Ushbu kompaniya LG V40 ThinQ flagmanining birinchi rasmiy renderlari hamda tizer-videoroligini e’lon qildi. Unga ilova qilingan koreys tilidagi press-relizda qurilmaning «uch ko‘zli» ekanligi va boshqa ayrim xususiyatlari birinchi bor rasman ma’lum qilingan.

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, mazkur smartfon korpusi mustahkamlangan shishadan ishlangan, ammo qum yordamida sayqallanganligi bois qo‘lga mayin tegadi. Jilosiz shisha korpus yarqiroq metall romga solingan bo‘lib, uch xil – kul rang, qizil va moviy ranglarda bo‘ladi.

O‘QING: LG yaqinda 1800 dollarlik smartfon chiqaradi, uyam yangi model emas

Darvoqe, LG V40 ThinQ selfi ishqibozlariga ham qo‘l keladi – uning old kamerasi ikkita ob’yektivni o‘z ichiga oladi. Orqa korpusda, uch modulli kameradan pastroqda esa barmoq izi skaneri joylashgan.

Shuningdek, devays ekranining o‘lchami ham rasman aytilgan – diagonaliga 6,4 dyuym. Bunda korpusning o‘zi o‘lchamlari LG V30 modelidagi singari qoladi, faqat romlarning ensizlashganligi evaziga displey kattaroq bo‘ladi.

O‘QING: Ilg‘or LG V30 taqdim qilindi: Note 8'dan 500 dollar arzon

Mana, LG V40 ThinQ modeli qisman ko‘rsatilgan rasmiy videolavhani tomosha qilamiz:

Aytish kerakki, mazkur flagmanning rasmiy anonsi 4 oktyabrga belgilangan.

O‘QING: LG smartfoni xaridorlariga – 500 dollarlik quloqchin sovg‘a!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!