LG bu bozorni rasman tark etyapti – u «qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa urdi»!

  •   DiMaX
  •  1058
  •  06.04.2021 08:49

LG bu bozorni rasman tark etyapti – u «qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa urdi»!

Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi foyda keltirmaydigan biznes va yuqori raqobat tufayli smartfon ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi. Bu haqda kompaniya bayonotiga asoslanib, Yonhap agentligi xabar berdi, deb yozadi Daryo.

O‘QING: Eng tez va eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar: qaysilarining narxi ikki karra tez pasayadi?

Agentlikning ma’lum qilishicha, kompaniya 2021 yil 31 iyuldan boshlab smartfon ishlab chiqarishni to‘xtatadi. LG kompaniyasining ta’kidlashicha, smartfon ishlab chiqarishdan voz kechish kompaniya daromadlarining qisqa muddatli pasayishiga olib keladi, ammo oxir-oqibat uning moliyaviy ahvoli va boshqaruv samaradorligini yaxshilaydi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, LG mobil aloqa biznesi 2015 yildan zarar ko‘rishni boshlagan. 2020 yili zararning umumiy miqdori 4,4 milliard dollarni tashkil qilgan.

Soha vakillariga asoslanib, agentlikning xabar berishicha, LG Vetnamning Vingroup korporatsiyasi va Germaniyaning Volkswagen avtomobil ishlab chiqaruvchisi bilan o‘z uyali aloqalarini sotish bo‘yicha muzokaralar olib borgan, ammo muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugagan.

Reuters kompaniya bayonotiga asoslanib xabar berishicha, smartfonlarning bosqichma-bosqich bekor qilinishi boshqa yo‘nalishlarga, shu jumladan, elektromobillarga, internet mahsulotlarga va biznes-yechimlarga e’tiborni qaratishga imkon beradi. Counterpoint tadqiqotlariga ko‘ra, dunyoda LG smartfonlarining ulushi atigi 2 foizni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun: 2020 yili kompaniya 23 millionta, Samsung esa 256 million dona smartfon sotgan, deya xabar beradi agentlik.

Mart oyining boshida LG kompaniyasi zarurat tug‘ilganida ixcham taglikka to‘liq «yashirinadigan», kichik oynaga ega televizorini patentlagan edi. LG odatdagi yupqa panellar g‘oyasidan chekinib, televizorlar shakli va konstruksiyasi ustidagi tajribalarini davom ettirmoqda. Kompaniya avvalroq ekrani ixcham qutiga joylashadigan o‘zining birinchi «rulon-televizori»ni taqdim etgandi.

O‘QING: LG yo‘l xaritasi: Android 11 qaysi smartfonlarga qachon yetib keladi?