LG'dan yana bir «bayroqdor» smartfon: V seriyasining navbatdagi modeli haqida nimalar bilamiz?

LG'dan yana bir «bayroqdor» smartfon: V seriyasining navbatdagi modeli haqida nimalar bilamiz?

LG G7 ThinQ atrofidagi oylarga cho‘zilgan shov-shuvlar nihoyasiga yetib, endilikda kompaniyaning yana bir mashhur liniyasi - V seriyasining navbatdagi modeliga ham gal keldi.

Ushbu seriyadagi eng so‘nggi model LG V30 smartfoni bo‘lib qolmoqda. Hozirda sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, seriyaning navbatdagi modeli rasman LG V35 ThinQ deb ataladi.

Xo‘sh, LG'ning ushbu “bayroqdor“i bo‘lishi kutilayotgan mazkur yangi smartfon haqida hozirda bizga nimalar ma’lum?

O‘QING: LG G7 ilg‘or funksiyasi bilan aqlni shoshirib qo‘yadi

Displey

LG V35 ThinQ 6 dyumli QHD+ OLED displeyga ega bo‘ladi. LG V30 va V30S modellarida ham ayni tipdagi displey o‘rnatilgan. Yagona savol: yangi modeldagi displey sifati oshiriladimi? LG V30'da qo‘llanilgan P-OLED displeyi Samsung'ning so‘nggi avlod AMOLED displeylariga bas kela olmaydi. Shu sababli yangi modeldagi displey sifatining oshirilishi muhim ahamiyatga ega.

Eslatib o‘tish joiz, LG G7 smartfonida tannarxni tushirish uchun OLEDdan voz kechilib, LCD displeylardan foydalanilgan edi.

O‘QING: LG V30+ 4 kunda 160 dollarga arzonlashdi

LG V35 ThinQ smartfonida displeyning qurilma tanasiga nisbati 80 foizni tashkil qilishi kutilmoqda. LG G7'dan farqli o‘laroq LG V35 ThinQ modelida «kemtik» displey dizaynidan foydalanish ko‘zda tutilmagani aytilmoqda.

Dizayn

LG V35 ThinQ smartfonining dizayni qurilmadan bitta qo‘lda foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Sizdirilgan ichki hujjatlarda yozilishicha, qurilmaning displeyi «rangni o‘ziga xos ravishda akslantirish» xususiyatiga ega bo‘ladi, smartfonning o‘zi esa «bir kaftga sig‘adigan qilib yaratiladi.» Shuningdek, qurilmaning yupqaligi va vazni yengilligiga alohida e’tibor qaratiladi. LG V35 ThinQ sotuvning birinchi bosqichida qora va kul rang dizaynda taqdim qilinishi aytilmoqda. Har ikki rangning «oliy darajada sayqallangan» talqini keyinroq e’lon qiladi.

Kamera

LG V35 ThinQ «qo‘shko‘z» kameraga ega bo‘ladi. Qurilmada LG V30S modelidagi 16MP + 16MP qo‘sh sensorlarning takomillashtirilgan talqini o‘rnatilgan bo‘ladi. Kameraning dasturiy ta’minoti va interfeysi xuddi G7 ThinQ'dagi kabi bo‘ladi. 16 megapikselli standart asosiy kamera f/1.6 sensorlariga va ranglarni yanada aniqroq qabul qiluvchi 10 bitli HDR texnologiyasiga ega bo‘ladi. 16 megapikselli keng burchak ostida tasvirga oluvchi ikkinchi asosiy kamera esa 107 daraja ostidagi burchakni qamrab olish imkoniga ega 16 megapikselli sensor bilan ta’minlanadi.

O‘QING: LG V30+ Rossiyada sotilmoqda, rasmiy narx bilan tanishing!

Hozircha oldingi selfi kamera haqida biror ma’lumot yo‘q.

Kamera sozlamalari ikki asosiy kamerani tezkorlikda almashtirish imkonini beruvchi texnologiya, «ongli kamera» va Google Lens bilan ta’minlanadi. Kameralarda yorug‘lik darajasi juda past joylarda ham suratlar yorqinligini ta’minlovchi «superpiksellar» bo‘ladi.

Sun’iy idrok

LG mazkur modelni sun’iy idrok boshqaruvi ostidagi «super-aqlli qurilma» sifatida taqdim etishi taxmin qilinmoqda. Super Yorqin Tizim, Sun’iy Idrokli Kamera va Google Lens shular jumlasidandir.

Audio

LG'ning V seriyasi o‘zining yuqori sifatli audio imkoniyatlari bilan mashhur. LG V30 modeli 32 bitli Hi-Fi QUAD DAC bilan ta’minlangan va ayni texnologiya takomillashtirilgan holda LG V35 ThinQ'da ham qo‘llanilishi kutilmoqda.

LG V35 ThinQ, shuningdek, xuddi LG G7'dagi kabi tovushni uzoqdan ilg‘ash imkoniga ega bo‘ladi. Ushbu texnologiya ovoz yordamchisi imkoniyatlarini oshirish uchun qo‘llaniladi. Qurilma egasining ovozini 5.18 metr uzoqlikdan ham eshita oladi.

Xulosa qilib aytganda, LG V35 ThinQ'ning ko‘p jihatlari LG G7 ThinQ'nikiga o‘xshab ketadi. Bu o‘xshashlikni, ayniqsa, kameralar dasturiy ta’minotida kuzatish mumkin. Sun’iy idrok foydalanuvchiga qurilmadan samarali foydalanishda yordam beradi. LG V35 ThinQ va LG G7 ThinQ qurilmalari o‘rtasidagi asosiy farq displeyda bo‘ladi. LG G7'da M+LCD paneli o‘rnatilgan bo‘lsa, LG V35 ThinQ 6 dyumli OLED displeyga ega bo‘ladi. Yana bir e’tiborli jihati - LG V35 ThinQ displeyida «kemtik» bo‘lmaydi.

Tezkor xotira, doimiy xotira, akkumlyator sig‘imi va dasturiy ta’minot kabi boshqa texnik tafsilotlar hozircha ma’lum emas. Shuningdek, qurilma ishlab chiqaruvchi tomonidan qachon rasman e’lon qilinishi ham noma’lumligicha qolmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!