LG G6’ning “asl” surati taqdimotdan avval tarqalib ketdi

LG G6’ning “asl” surati taqdimotdan avval tarqalib ketdi

LG kompaniyasining 27 fevralda boshlanadigan Jahon Mobil Kongressiga yangi LG G6 flagmani bilan tashrif buyurishi to‘g‘risida xabar bergan edik. Ushbu flagmanning quyida siz ko‘rib turgan surati taqdimotga qadar insayderlar tomonidan tarqatildi.

Dizayn unchalik emas

9to5google nashri tomonidan e’lon qilingan bu suratlardagi yangi flagman dizayni ko‘pchilik ekspertlar tomonidan tanqid ostiga olingan. LG G6 smartfoni 2 modulli bosh kameraga ega bo‘ladi. Bu ob’yektivlarning biri odatiy va boshqasi keng burchak ostida surat olishga mo‘ljallangan. Kameralar ostida qurilmani blokirovkadan chiqarishga mo‘ljallangan tugmacha mavjud. Shuningdek, u barmoq izlari skaneri hamdir.

“Musiqiy” smartfon

LG G6 gadjetida silliq qayrilma burchakli noodatiy displeydan foydalanilgan. Uning tomonlar nisbati ham noan’anaviy bo‘lib, 18:9 ni tashkil qiladi. Shu bilan birga, smartfon «musiqiy» imkoniyatlari bilan ham ajralib turishi alohida qayd etilmoqda. Buning uchun unga 32 bitli raqamli tovushni analogga aylantiruvchi qurilma yordam beradi. Bu avval ham LG V20 devaysida joriy qilingan edi.
Nima sababdandir LG yangi flagman telefonga avvalgi yilgi Snapdragon 821 protsessoridan o‘rnatishni ma’qul ko‘rgan. Vaholanki, hozir barcha yetakchi smartfon brendlari yangi Snapdragon 835’ni ma’qul ko‘rishmoqda.
LG G6 haqida insayderlarning ma’lumotlari:
Ekran: 5,7-dyuymli;
Protsessor: Snapdragon 821 — chastota tezligi 2,4 GGs, 4 yadroli;
Xotira: 4 GB operativ hamda 32 GB doimiy;
Akkumulyator: 3200 mA soat.

Smartfon taqdimoti 26 fevralga belgilangani aytilmoqda.