LG Gram 15: ixcham va eng yengil noutbuklardan biri

LG Gram 15: ixcham va eng yengil noutbuklardan biri

Agar keng diagonalli displey, shu bilan birga og‘irlik qilmaydigan ixcham uslubga tegishli noutbuk izlayotgan bo‘lsangiz, LG Gram 15 laptopi ayni sizbop.

6-9 yanvar kunlari AQShda o‘tgan, Samsung, Sony, LG va boshqa yuzdan oshiq yirik ishlab chiqaruvchilar qatnashgan jahonning nufuzli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasida namoyish etilgan noutbuklar orasida 15.6 dyuymli (1 dyuym=25,5 mm) LG Gram 15 noutbuki barchaning diqqatini tortdi.

LG Gram 15 o‘ziga o‘xshagan boshqa qurilmalardan yengil va ixcham, shu bilan birga uning imkoniyatlari ham keng. Asosan maishiy texnika vositalari bilan tanilgan LG hali noutbuklari bilan foydalanuvchilarning ham, mutaxassislarning ham tiliga tushgan emas. Kompaniya Gram 15 bilan dunyodagi eng ixcham, 1,5 sm yupqalikdagi, 0.98 kilogramm tosh bosadigan eng yengil laptopni yaratganligini da’vo qilmoqda.

Shu turdagi qurilmalar bilan solishtirilsa, MacBook Air 11 dyuym va 1.09 kg tosh bosadi. LG Gram 15 korpusi alyuminiy o‘rniga mobil qurilmalar sanoatida keng foydalaniladigan magniydan ishlangani hisobiga qurilma juda yengil.

LG Gram 15 ekranining old qismi, o‘ng tomon yuqori burchakdagi kompaniya logotipini hisobga olmaganda, laptop ekrani yoki korpusida ortiqcha detal, tasvir va etiketkalar yo‘q.

Qurilma monitori yupqa korpus hoshiyasiga tutashgan bo‘lib, bu nafis mutanosiblikni buzmaslik uchun kompaniya veb-kamerani noutbukning yuqori va pastki qismlarini birlashtirgan oshiq-moshiqqa joylashtirgan.

LG bu qurilmaga tasvirni Full HD formatida, 1,920 x 1,080 o‘lchamida ko‘rish imkonini beruvchi, LCD ekranning takomillashtirilgan talqini bo‘lgan IPS, ya’ni qattiq kristalli displey o‘rnatgan. Gram 15’ning hozicha faqatgina tilla rang qobiqli talqini mavjud.

Noutbukning biqinida  ma’lumot almashishga xizmat qiladigan USB 3.0, USB 2.0, USB-C va SD xotira kartasi uchun, shuningdek video tasvir va ma’lumotlarni uzatadigan HDMI portlari mavjud.

Laptopda Intel Core’ning oltinchi avlod Core i5 yoki Core i7 protsessorlari o‘rnatilgan. Qurilmaning operativ xotirasi 8 gegabayt. Xaridorlar xohishlariga ko‘ra 256 yoki  512 gigabaytli qurilmani sotib olishlari mumkin. LG Gram 15 Windows 10 operatsion tizimida ishlaydi.

Kompaniya vakilining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, noutbuk to‘la quvvat olgach, unda tanaffussiz 7 soat mobaynida ishlash mumkin.

Kompaniya bungacha ishlab chiqargan LG gram 13 va 14 noutbuklarining narxlari 800-900 AQSh dollari, LG Gram 15 esa $1,000 atrofida sotilmoqda.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Amazon $1000 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.