LG ham bo‘sh kelmoqchi emas! Kompaniya Redmi va Samsung smartfonlari "qotillarini" yaratmoqda

LG ham bo‘sh kelmoqchi emas! Kompaniya Redmi va Samsung smartfonlari

Yaqin kunlar ichida LG kompaniyasi LG W smartfonlari lineykasini taqdim etadi. Ushbu qurilmalar orqali kompaniya Xiaomi, Samsung va boshqa texnogigantlar bilan raqobatlasha olishi maqsad qilingan.

Shu vaqtgacha yangi smartfonlar qanday nom olishi noaniq bo‘lib turgandi, ammo, hafta oxiriga kelib LG W10 nomli qurilmaning “jonli” rasmlari paydo bo‘ldi.

Живые фото LG W10

Yangi smartfon orqa paneli dizayni va uchtalik asosiy kamerasi Redmi brendining eng so‘ngi hamyonbop modellarini eslatib yuboradi. Barmoq izi skaneri ham orqa qopqoqda joylashgan.

Old panelga keladigan bo‘lsak, xech qanday yangiliklar mujassamlashmagan. Juda qalin pastki rom, shuningdek tomchisimon kemtikdagi selfi-kamera ko‘zga tashlanadi.

Живые фото LG W10

LG W10 yakka kristalli Helio P70 protsessori, 4000 mA/soatlik akkumulyator, LG BoomBox ovoz tizimiga ega bo‘ladi va qadoqdanoq Android 9 Pie dasturiy tizimi ostida ishlay boshlaydi.

O‘QING: Buklama ekran nimasi!? LG cho‘ziluvchi displeyli smartfon tayyorlayapti!