LG haqida 5 fakt

LG haqida 5 fakt

Bir necha o‘n yillar oldin, foydalanuvchilar LG'ni asosan televizorlar va boshqa maishiy elektronika chiqaruvchi kompaniya sifatida bilishgan. Bugungi kunda kompaniya o‘zining ajoyib smartfonlari bilan butun dunyoga tanildi. Quyida LG haqida ba’zi qiziqarli faktlarni keltirib o‘tamiz.

Haqiqiy nomi

"LG" qisqartmasi qanday ma’no anglatishini bilasizmi? Agar ushbu savolni 90-yillarning telereklamalarini diqqat bilan ko‘rib chiqqan kishiga bersangiz, "Life's Good" (“Hayot yaxshi“) javobini olasiz. Ammo bu mutlaqo to‘g‘ri emas.

Kompaniya chinakamiga "Life's Good" nomini tanitishga harakat qildi. Ushbu shior reklamalarda bir necha bor takrorlangan va hattoki kompaniyaning uyali telefonlaridagi rington shunday nomlangan. Ammo bularning barchasi haqiqatni yashirish uchun qilingan.

Gap shundaki, kompaniyaning asl nomi juda osiyocha jaranglaydi - Lucky Goldstar (“Omadli Oltin Yulduz“).

Samsung bilan jiddiy ziddiyat

Samsung'ning asosiy raqobatchisi kim?
Agar shu savolni amerikalik kishidan so‘rasangiz, albatta Apple javobini olasiz. Haqiqatdan, G‘arb bozorida Samsung smartfonlarining asosiy raqibi Apple hisoblanadi.

Ammo, Janubiy Koreyada, ya’ni Samsung va LG vatanida, bu ikki kompaniya o‘zaro murosasiz dushman. Urushlar ko‘plab sud jarayonlari, korporativ sirlarni o‘g‘irlash, josuslik va korporativ urushning boshqa ko‘rinishlari bilan kechadi. Adovat shu qadar kuchliki, u ba’zida mafiya jamoalarining qarama-qarshi tomoniga o‘xshab ketadi. Hech bo‘lmaganda, ushbu kompaniyalarning xodimlari bir-biridan doim qochishga harakat qilishlari hech kimga sir emas.

Qiziqarli tomoni shundaki, Samsung asoschisi Li Byon Chxol va LG asoschisi Ku Inhve qarindosh bo‘lishgan, maktabga birga borishgan va birga televizion tarmoqni ishga tushirishgan. Bu hamkorlik Li Byon Chxol tashkil etgan shaxsiy kompaniya va LG o‘rtasida raqobat yuzaga kelgunga qadar davom etdi. Urush do‘stlikka nuqta qo‘ygan bo‘lsada, ikkala kompaniyaning texnologik rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.

Kosmetika

Shvetsiya kompaniyasi Nokia ishni qog‘oz ishlab chiqarish va sotishdan boshlanganini ko‘pchilik biladi. Ammo LG kompaniyasi o‘z faoliyatini kosmetikadan boshlanganini hamma ham bilmasa kerak. 1947 yilda turli xil yuz kremlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan va bir yil o‘tgach kompaniya LG - Lucky Goldstar sifatida ro‘yxatga olingan.

Bugungi kunga qadar 3 ta yo‘nalishda LG o‘z biznesiga ega - elektronika, telekommunikatsiya va kosmetika. Lekin, LG kosmetikasi G‘arb mamlakatlariga eksport qilinmaydi, asosan Janubiy Koreyada LG Household & Health Care brendi ostida sotiladi. Aytgancha, xuddi shu brend Coca-Cola va boshqa ichimliklarning Janubiy Koreyadagi yagona rasmiy ishlab chiqaruvchisi ham hisoblanadi.

Eng ommabop telefon

Dunyodagi eng ommabop telefon hali ham Nokia 1110 bo‘lib, u o‘z vaqtida 250 million dona sotilgan. LG bunday muvaffaqiyatga erisha olmadi. 2004-2005 yillarda kompaniya G‘arb bozorlariga LG Chocolate slayderi bilan chiqdi. Model 15 million nusxada sotilgan. Bugungi kungacha ushbu slayder eng ko‘p sotilayotgan LG telefonlaridan hisoblanadi.

LG Chocolate 176x220 piksel o‘lchamdagi TFT displey, 128 MB ichki xotira, 1.3 MP svetodiodli kamera, Bluetooth va qadimiy mobil Internet WAP 2.0'ga ega.

Birinchi egiluvchan ekran

LG telefon sotuvi bo‘yicha yetakchi bo‘lmasligi mumkin, ammo kompaniya, shubhasiz, egiluvchan displeyli birinchi smartfon yaratuvchisi sifatida tarixga kirgan. Gap LG G Flex modeli haqida ketmoqda. Ushbu smartfonning korpusi egilmasa ham, ishlab chiqarishda o‘sha paytda inqilobiy hisoblangan, displeyning egiluvchan texnologiyasi qo‘llanilgan. Bu esa egiluvchi ekranga ega smartfonni yaratishga imkon bergan. Ushbu shaklning afzalligi shundaki, smartfonni har qanday tekis panelga tirnalish yoki chizilishdan qo‘rqmasdan joylashtirish mumkin. Ammo, G Flex LG'ga unchalik katta shuhrat keltirmagan, foydalanuvchilar hozirgi kungacha klassik monobloklarni afzal ko‘rishmoqda.

O‘QING: Samsung haqida siz bilgan va bilmagan faktlar!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!