LG IFA 2018 ko‘rgazmasida 8K OLED-televizorini namoyish qilmoqchi

  •   Saroy
  •  732
  •  30.08.2018 12:28

LG IFA 2018 ko‘rgazmasida  8K OLED-televizorini namoyish qilmoqchi

Bu yil  IFA 2018 ko‘rgazmasida 8K formatidagi televizorlarining bir nechta modeli namoyishi kutilmoqda, ammo LG OLED-displeyi bilan faqat bitta modelni ishtirokchilar hukmiga havola etmoqda.

OLED-televizor 88-dyuymli 8K formatidagi panelga ega bo‘lib, 7680x4320 pikselli, bu 33 million pekseldan ko‘p degani. Cheklangan organik svetodiodlarda displey podsvetkani talab qilmaydi, shu bois cheksiz kontrast va haqiqiy ma’nodagi qora rang bilan ta’minlaydi. Yil boshida kompaniya aynan, ushbu LG Display matritsasini ko‘rsatgan, chamasi.

O‘QING:Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy Note 9 buyurtmachilarga Samsung Smart TV sovg‘a!

Yangi televizor qancha turadi, hozircha aytilmayapti. Ayrim ma’lumotlarda keltirilishicha, bu yil  LG’ning 8K-televizorlari savdosi taxminan  60 000 donani tashkil etadi, lekin 2022 yilga kelib bunday televizorlarning bozor hajmi 5 million donaga yetarkan.

YouTube  8K ni qo‘llab quvvatlashni  2015 yilda boshlagan edi, ammo bu kabi kontentlar hali unchalik ko‘p emas. Yaponiyada yangi formatdagi ko‘rsatuvlar bir necha yildan buyon test qilinmoqda. Mamlakat 2020 yildagi Tokio Olimpiadasini 8K’da translyasiya qilishga hozirlik qo‘rmoqda.

O‘QING:Dunyodagi ilk 146-dyuymli MicroLED-televizori sentyabrda sotuvga chiqadi