LG kompaniyasi CES 2016 ko‘rgazmasida 98 dyuymli 8K-televizorini namoyish etadi

LG kompaniyasi CES 2016 ko‘rgazmasida 98 dyuymli 8K-televizorini namoyish etadi

2016 yilda LG kompaniyasining LED-televizorlari ro‘yxati 8K formatli ilk model bilan to‘ldiriladi. Manbalarda ishlab chiqaruvchi tomonidan e’lon qilingan roliklar orqali 8K va 4K formatdagi tasvirlar o‘rtasida farqni topish mumkinligiga shubha bilan qaralmoqda.

CES 2016 ko‘rgazmasiga, yuqoridagi yangilikdan tashqari, yana uchta: UH9500 (55-86 dyuym), UH8500 (55-75 dyuym) va UH7700 (49 dan 65 dyuymgacha) flagmanlari ham taqdim etiladi. OLED-televizorlari chizig‘idagi televizorlarni esa kompaniya desert o‘rnida taqdim etadi.

SUPER UHD TV top-modellarida HDR-kontent bilan birgalikda, qora rangni yanada chuqurroq qilib, tasvirlar farqini yanada oshiradigan True Black va Contrast Maximizer texnologiyalari joriy etiladi. 10 bitli IPS-paneli ColorPrime Plus texnologiyasi bilan birgalikda 1 milliard rangni yuzaga chiqarib, DCI rang kengligining 90 foizini qamrab olishga imkon tug‘diradi. Televizor qalinligi esa bor-yo‘g‘i 6,6 millimetrni tashkil etadi. Ularda yangilangan interfeys (ichki dizayn)ga ega webOS 3.0 operatsion sistemasidan foydalaniladi. Harman Kardon bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan akustika ham alohida e’tiborga molik.

98 dyuymli 8K televizorlari savdosi 2016 yilning ikkinchi yarmidan amalga oshirila boshlanadi. Ayni paytda esa mazkur mahsulot suratlari e’lon qilinmagan.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!