LG kompaniyasi LG G Pad III 10.1 planshetini anonsga tayyorlamoqda

LG kompaniyasi LG G Pad III 10.1 planshetini anonsga tayyorlamoqda

Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi tez orada LG G Pad III 10.1 plansheti namoyish qilishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Phone Arena sayti. Ushbu modelning sakkiz dyuymli ekran bilan jihozlangan versiyasi shu yilning bahorida sotuvga chiqarilgan edi. Biroq planshetning 10 dyuymli versiyasi hali-hanuz foydalanuvchilar tomonidan kutilayotgan edi.

Kuni kecha internet tarmog‘idagi texnologiya saytlarida o‘n dyuymli ekran o‘rnatiladigan LG G Pad III 10.1 planshetining suratlari paydo bo‘ldi. Demak, planshetning taqdimotiga ham uzoq vaqt qolmagan.

Rasmlardan ko‘rinib turganidek, ushbu modelda LG planshetlariga xos dizayn o‘zgargan. Planshet podstavka va stereodinamiklarga (taxmin) ega. Unga Full HD aniqligidagi ekran va LTE modem o‘rnatilgani ma’lum qilingan. Hozircha boshqa texnik ko‘rsatkichlar va planshet narxiga aniqlik kiritilmagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!