LG Nexus 5X: barmoqni darhol skanerlaydigan qurilma

LG Nexus 5X: barmoqni darhol skanerlaydigan qurilma

Bu yilda ikkita Nexus smartfoni ishlab chiqarildi. Odatda Google har yili bittadan smartfonni taqdim qilar edi, ammo kattakon Nexus 6ni bozor “suymagan” ko‘rinadi. Shunday qilib, Nexus 5X paydo bo‘ldi. Uni yana LG ishlab chiqarmoqda. Yangi kamera, barmoq izini skanerlash, xizmat muddatini uzaytirish uchun maxsus rejim, shuningdek, yangi protsessor va korpus rangi o‘zgargani asosiy yangiliklar bo‘ldi.

Nafisligi

Diqqatni eng avval tashqi ko‘rinishi o‘ziga tortadi. Nexus 5ning ingichka hoshiyasi bor. Korpusi yupqaligi, og‘irligi va hoshiyasi avvalgi versiyasiga qarganda standartroq. Ovozni ko‘tarish tugmasi va quvvatlash ulagichi yuqorida joylashgan. Hozir yalpiz rangida ishlab chiqarilmoqda, ammo kelajakda oq va qora ranglilari ham chiqadi. Marhamat, videoda tomosha qiling

Qulay skaner

Barmoq izi skaneri ko‘pincha smartfon ekrani ostida bo‘ladi, Apple, Samsung, Lenovo, Meizu bunga misol. Yangi Xperia Z5 Sony quvvat tugmasiga o‘rnatib smartfon yoniga joyladi. HTC, Huawei va LG esa orqa panelga o‘rnashtirdi. Topqirlikka e’tibor qiling – smartfonni qo‘lga olish bilan avtomatik tarzda barmoq skanerlanadi.

Skaner aniq ishlaydi, xatoliklar juda kam. Ammo blokdan yechish funksiyasidan tashqari boshqa funksiyalari yo‘q.

Yangi kamera

Modulni yangilab 12 megapikselli sensor qo‘yildi. Kamera qavarib chiqib turadi, korpus sirti silliq emas. Lazerli avtofokusi bor, yorug‘lik kuchi yuqori f/2.0, videoni 4Kga yoki 120 fpsli slo-moga yoziladi.

Fotolar sifati odatdagicha. LG G4 darajasida emas. Quvvat tugmasiga ikki marta bosilsa, kamera ishga tushadi.

Bir oz kuchliroq

LG G4 flagmanining Qualcomm Snapdragon 808 protsessori olingan. Tezkor xotirasi 2 GB. 16 yoki 32 GB xotirasi mavjud. Dastlabki versiyasida 11 GBdan ozroq joy bor.

Dinamiklardan biri ekran ostida ikkinchisi ustida joylashgan. Afsuski, stereo ovoz yo‘q. Smartfonning displeyini pastga qilish qo‘ysa, ovoz yuzaga yutilib ketmaydi, yaxshi eshitiladi.

Ishlash muddati

Full HD tomosha rejimida video ko‘rilsa, 6,5 soatga yetadi. O‘yin ishtiyoqmandlariga esa 2,5-3 soatga. O‘rtacha foydalanuvchi bir kunda zaryadlaydi, ammo ertadan kechgacha internetda o‘tiruvchilar kunning yarmidayoq rozetka qidirishlari tayin.

Akkumulyator sig‘imi 2700 mA soat, simsiz zaryadlash imkoni yo‘q. Ammo (yangi Qualcomm  protsessori va USB Type-C ulagichi sharofati bilan) tez zaryadlashning iloji topildi. 15 daqiqada akkumulyator 1/3 hissa zaryad oladi.

 Okey, Gugl

Ovozli boshqaruv kutish rejimida ishlaydi. “Okey, Gugl”, deb buyruq berishingiz mumkin. Albatta, u sizga choy damlab keltirmaydi, chunki ichida choy damlaydigan jin yo‘q. Ammo uyg‘otgichni ma’lum vaqtga sozlash, do‘stingizga qo‘ng‘iroq qilish, taqvimga biror hodisani kiritish kabi yumushlarni eplay oladi.

Bundan tashqari Doze nomli yangi funksiya paydo bo‘ldi. Smartfon soprotsessor yordamida egasining faolligi haqida ma’lumot to‘playdi. Agar qurilmadan foydalanilmay yotgan bo‘lsa, quvvatni tejash uchun fon jarayonlarini tizimning o‘zi o‘chirib qo‘yadi.

Yangi tizimning tashqi qo‘shimchalaridan ko‘ra ichki mexanikasida o‘zgarishlar ko‘proq. Dasturlarni ish stolining o‘zidan o‘chirib tashlasa bo‘ladi. Barcha ilovalar bo‘yicha qidiruv xizmati bor.

Odatdagi ekran

Ekran bir oz kattalashgan. 5,2 dyuym, ekran sig‘imi Full HD, tasvir sifati yaxshi.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

www.olx.uz $340 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!