LG OLED texnologiyasini rivojlantirishga milliardlab AQSh dollari sarflamoqda

LG OLED texnologiyasini rivojlantirishga milliardlab AQSh dollari sarflamoqda

LG tomonidan joriy yil bahorida namoyish qilingan yuqori aniqlikdagi 4K tasvirli UHDTV (Ultra High Definition Television) formatidagi OLED televizorlari qisqa fursatda sifatli tasvir va 4.3 mm.gacha yupqa displeyi bilan foydalanuvchilarda katta taassurot qoldira oldi.

OLED texnologiyasida tasvir uzatishda organik birikmalardan tayyorlangan, nur tarqatuvchi yarim o‘tkazgichli diodlardan keng foydalaniladi. Bu ekrandagi aniq-tiniq borliqni yanada zavq bilan tomosha qilish va elektr energiyasini tejashga yordam beradi.

Ammo uning narx-navosini hammaning cho‘ntagi ko‘tara olmaydi. Mazkur texnologiyani yanada soddalashtirishga sarflanayotgan mablag‘lar, televizorlar tannarxi arzonlashishiga xizmat qilishi mumkin.

Reyters axborot agentligiga ko‘ra, LG Janubiy Koreyaning Paju shahrida televizorlar uchun displey qismlarini ishlab chiqaruvchi korxonani ishga tushirish uchun 8.71 mlrd. AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratgan.

Bugun o‘tkazilayotgan an’anaviy “qora juma” arzonlashtirilgan savdolardagi chegirmalar ham OLED displeylarini arzon narxlarda sotib olishni reja qilganlarning hafsalasini so‘ndirishi aniq.

Misol uchun, LG’ning OLED TV seriyasidagi 2015 yilning eng yaxshi UHD televizorlari to‘rtligidan joy olgan 55 dyuymli televizorlari narxi internet do‘konlarida imkoniyatlaridan kelib chiqib, 1,799.00–4,997.99 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Yanvar oyida namoyish qilingan yana bir shu turdagi LG EG9900 OLED televizori yorug‘ xonada ham tasvirni tiniq ko‘rsatadi. Televizor hajmi 77 dyuym. Birgina tugmachaning bosilishi bilan u o‘zining yassi shaklini qayrilma shaklga aylantira oladigan dunyodagi ilk televizor. LG EG9900 LG’ning WebOS 2.0 operatsion tizimida ishlovchi 10 yaderli protsessor bilan ta’minlanadi. Uning bahosi 25,000 AQSh dollaridan yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

LG tomonidan bu turdagi cho‘ntakbop televizorlarni 2018 yildan boshlab keng miqyosda ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!