LG o‘z smartfonlarining Android 9.0 Pie’gacha yangilanish rejasini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  876
  •  19.01.2019 11:57

LG o‘z smartfonlarining Android 9.0 Pie’gacha yangilanish rejasini e’lon qildi

Android operatsion tizimining 9 – Pie talqinining yakuniy jamlanmasi o‘tgan yilning 20 avgustidayoq taqdim etilgan. Smartfonsozlar esa o‘zlarining turli modellari uchun unga asoslangan proshivkalarni bosqichma-bosqich ishlab chiqishmoqda.

O‘QING: Istalgan smartfonda Android 9.0 Pie’ni hoziroq sinab ko‘rishingiz mumkin!

LG kompaniyasi joriy yil mobaynida o‘z smartfonlari Android 9.0 Pie’gacha yangilanishining «yo‘l xaritasi»ni e’lon qildi.

Demak, 2019 yilning ilk choragida LG G7 ThinQ hamda V35 ThinQ modellari, ikkinchi kvartalda esa LG V40 ThinQ, V30S va V30 smartfonlari Android 9.0 Pie talqinidagi proshivkaga ega bo‘ladi. LG G6, V20 hamda Q8 (2018) rusumli devayslar yilning uchinchi choragida, LG Q9 va X5 (2018) esa yil so‘ngigacha ushbu talqindagi operatsion tizimni qabul qiladi.

Darvoqe, LG G7 ThinQ modelining Janubiy Koreyadagi foydalanuvchilari allaqachon o‘z smartfonlarini Android 9.0 Pie’gacha yangilay boshlashgan. Demak, boshqa hududlarda ham ayni shu modeldagi qurilmalar birinchilar qatorida mazkur apdeytga ega bo‘lsa kerak.

O‘QING: Android 9 Pie’ga o‘tmoqchimisiz? Yodda tuting: orqaga yo‘l yo‘q!