LG Rollable: kompaniya «rulon-smartfon» tayyorlamoqda

  •   DiMaX
  •  551
  •  07.11.2020 10:12

LG Rollable: kompaniya «rulon-smartfon» tayyorlamoqda

LG kompaniyasi yaqin vaqtlar ichida Yevropa Ittifoqi hududida o‘zining «rulon-ekran»ga ega smartfonini taqdim etishi kutilmoqda. Bu haqda LG Rollable tovar belgisiga oid ariza topshirilgan, deya xabar bermoqda Daryo.

O‘QING: O‘rama smartfonni ishlayotgan holida «jonli» videoda ko‘ramiz!

LG’ga tegishli patentlardan birida bu kabi qurilma haqida ma’lumot berilgan edi. Yig‘ilgan holatda uning korpusi ixcham, biroq zarurat tug‘ilganida ekranni korpus ichidan «chiqarib olib», smartfonni planshetga aylantirish mumkin.

Manbalarning ma’lum qilishicha, ushbu smartfon 2021 yilning martida taqdim etiladi. Aftidan, kompaniya buning uchun alohida keng ko‘lamli taqdimot o‘tkazadi.

LG’da hozirgi kunda displeyni truba shaklida o‘rash imkonini beradigan texnologiya mavjud. Faqat undan smartfonlarda emas, balki televizorlarda foydalanilmoqda — LG Signature OLED TV 88 ming dollar narxida sotuvga chiqqan.

O‘QING: TCL o‘rama ekranli antiqa televizorini namoyish qildi! («jonli» video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.