LG shu yiliyoq sotuvga chiquvchi, o‘rama ekranli Rollable smartfonini videoda ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  755
  •  13.01.2021 14:55

LG shu yiliyoq sotuvga chiquvchi, o‘rama ekranli Rollable smartfonini videoda ko‘rsatdi!

Janubiy koreyalik kompaniya LG Rollable rusumli «rulon-smartfon» tayyorlayotgani haqida yozgan edik. Antiqa form-faktorli bu qurilmaning o‘ziga xosligi – o‘rama displey bilan jihozlanganidir.

O‘QING: 2021 yilning eng kutilayotgan 10 smartfoni

CES 2021 ko‘rgazmasida ishtirok etayotgan LG o‘zining taqdimot videosida ushbu gadjetini ham ko‘rsatdi. Uning qayishqoq OLED-displeyi Xitoyning ekransoz BOE kompaniyasi tomonidan ishlangan bo‘lib, smartfon korpusining ichiga yashirinish va undan chiqish xususiyatiga ega. Bu esa telefonni buklamasdan turib displey maydonini o‘zgartirish imkonini beradi.

Nikkei Aisia xabar berishicha, LG Rollable smartfoni shunchaki konsept bo‘lib qolmasdan, seriyali tarzda ishlab chiqariladi. LG vakilining rasman tasdiqlashisa, LG Rollable chindan ham shu yilning oxirida sotuvga chiqadi.

Afsuski, o‘rama ekranli bu smartfonning texnik xususiyatlari, narxi haqida hozircha ma’lumot berilmayapti.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: Xitoyliklar allaqachon o‘raluvchi ekranli smartfonni ishlatib ko‘rsatishdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!