LG V30+ Rossiyada sotilmoqda, rasmiy narx bilan tanishing!

LG V30+ Rossiyada sotilmoqda, rasmiy narx bilan tanishing!

6 dekabrda LG V30+ smartfoni Rossiya smartfon bozorida rasman sotuvga chiqarildi. Yangi gadjetning hozircha 128 gigabaytli doimiy xotiraga ega talqinini xarid qilish mumkin.

Smartfon LG V30+ 6 dyuymli, OLED matritsali va QuadHD (2880 x 1440 pikselli) displey bilan ta’minlangan. FullVision ekranning tomonlar nisbati 18: 9 standartida.

Qualcomm Snapdragon 835 protsessori, 4 GB "operativ" xotiraga ega smartfonning doimiy xotira sig‘imi 64 GB yoki 128 GB. Smartfonda, shuningdek, microSD bo‘lib, unga 2 terabaytgacha hajmli fleshka o‘rnatish mumkin.

LG V30 Plus bosh kamerasi qo‘sh modulga ega bo‘lgan: 16 Mp va 13 Mp. Ularga eng yaxshi -- f/1.6 va f/1.9 hajmidagi yorug‘lik linzalari o‘rnatilgan. Aytish kerakki, bu smartfon kamerasida f/1.6 hajmli diafragma o‘rnatilgan ilk flagman. Bu linza kameraga ko‘proq yorug‘lik o‘tkazish imkonini beradi.

LG V30 akkumulyatori 3300 mA soat tok sig‘imini jam qiladi. Batareyani simsiz quvvatlash mumkin. Smartfonda Bluetooth 5 standarti joriy qilingan. IP68 himoya guvohnomasini olgan korpus Corning Gorilla Glass 5 shishasi bilan qoplangan.

LG V30+ v Rossiyada 59 990 rubldan, ya’ni 1000 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilgan. Smartfonga qo‘shib B&O Play audio-quloqchinlari sovg‘a qilinadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!