LG yo‘l xaritasi: Android 11 qaysi smartfonlarga qachon yetib keladi?

  •   DiMaX
  •  450
  •  11.03.2021 13:19

LG yo‘l xaritasi: Android 11 qaysi smartfonlarga qachon yetib keladi?

Aksariyat smartfonsozlar o‘z mobil qurilmalariga Android 11 operatsion tizim talqini asosidagi yangi proshivkalar tarqatishda davom etishmoqda. LG ham o‘z smartfonlaridan qaysilari bu yil shunday apdeyt qabul qilishini aytdi.

O‘QING: LG shu yiliyoq sotuvga chiquvchi, o‘rama ekranli Rollable smartfonini videoda ko‘rsatdi!

Mazkur ma’lumot kompaniyaning Germaniyadagi rasmiy saytida e’lon qilingan. Quyidagi grafikda Android 11 operatsion tizimini qabul qiluvchi LG smartfonlari ro‘yxati ham, ulardan har biri qachon yangilanishi ham ko‘rsatilgan.

Demak, bu kompaniya telefonlari orasida LG Velvet 5G modeli birinchi bo‘lib – apreldayoq Android 11 proshivkasini olar ekan. Eslatib o‘tamiz, ushbu gadjet CES 2021 ko‘rgazmasida CES 2021 Innovation Awards mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Joriy yilning ikkinchi choragida LG G8X, uchinchi kvartalda esa LG Velvet 4G hamda LG G8S smartfonlariga tegishli apdeytlar keladi. Yilning so‘nggi uch oyida LG WING, LG K52 va LG K42 qurilmalarining proshivkalari yangilanadi.

Bu orada esa...

O‘QING: Sinovchilar uchun Android 12 chiqdi – o‘zgarishlar va o‘rnatiladigan smartfonlar ro‘yxatlari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!