LG'ning yangi displeyi egiladi, bukiladi, lekin sinmaydi!

LG'ning yangi displeyi egiladi, bukiladi, lekin sinmaydi!

Buklanadigan ekranli smartfonlar bozorda endigina ommalashayotgan bir paytda, LG kompaniyasi displeylar borasida yana bir qadam oldinga tashladi. Janubiy Koreya kompaniyasi o'zining 12 dyuymdan 14 dyuymgacha cho'zila oladigan va yana 12 dyuymga shikastlarsiz qayta oladigan "erkin shakldagi" displeyini taqdim qildi. Uni cho'zish, bukish yoki o'rash mumkin. Ta'kidlanishicha, bu sanoatdagi dyuymiga 100 piksel va to'liq RGB ranglari qo'llab-quvvatlanishi ega bo'lgan 20 foizga cho'zila oladigan ilk displey hisoblanadi.

Ma'lum bo'lishicha, LG o'zining displeyi bunday cho'ziluvchan bo'lishi uchun uning asosiy materialini kontakt linzalarda ishlatiladigan silikondan yasagan. Yorug'lik uchun esa yuqori aniqlik va chidamlilikka ega 40 mikrometrdan kichikroq mikro-LEDlardan foydalanilgan. Kompaniyaning qo'shimcha qilishicha, bunday dispeyni teri, kiyimlar, mebellar, avtomobillar, samolyotlar kabi egri sirtlarga osonlikcha o'rnatish va mumkin.

"Biz Koreya displey texnologiyasining raqobatbardoshligini oshirish uchun ushbu loyihani muvaffaqiyatli yakunlaymiz va shu bilan birga sanoatdagi konseptlarni hayotga keltirishda davom etamiz", deydi LG Display vitse-prezidenti va texnik direktori Su-yong Yun.

O'QING: Samsung dunyodagi ilk 8K ultrakeng o‘yin monitorini ustida ishlamoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!