Libra loyihasi Amazon'dek omadli bo‘la oladimi?

Libra loyihasi Amazon'dek omadli bo‘la oladimi?

5 iyul kuni Amazon kompaniyasi o‘zining 25 yilligini nishonlaydi. Kompaniya Jef Bezosning garajida o‘z faoliyatini internet-kitob do‘koni ko‘rininishida boshlagan edi. Hozirda esa kompaniyaning elektron kommersiya, “bulutli” hisob-kitob, raqamli eshittirish singari ko‘plab bo‘linmalari mavjud.

Jeff Bezosning aytishicha, odatda eng omadli kompaniyalar qo‘rqmasdan qilingan tavakkaldan so‘ng vujudga keladi. Uning fikricha, qandaydir yangilik qilib ko‘rish uchun – omadli kechgan taqdirda katta imkoniyatlar ochuvchi loyihalarni sinab  kirib ko‘rish lozim.  

Mark Sukerburgning kriptovalyuta bo‘yicha yangi rejalari amaliyotdan kelib chiqib qaraganda xavfli soha hisoblanadi: Goldman Sachs banki kriptovalyutalar savdosiga mo‘ljallangan platforma yaratishni maqsad qilgandi, ammo yakunda qisqa muddatli rejalardan voz kechdi.  

Djeff Bezos 25 yil avval Amazon’ni onlayn kitob do‘koni ko‘rinishida ishga tushirgan edi. Endi esa, amalga oshirilgan innovatsiyalar hamda yechimlar tufayli kompaniyaning elektron kommersiya, “bulutli” hisob-kitob, onlayn raqamli eshittirishlar hamda maishiy texnika kabi tarmoqlarda  ko‘plab bo‘linmalari mavjud.

O‘QING: Bezos, Geyts, Mark — ular nimaning orqasidan shuncha tez boyimoqda?

Jeff Bezosning aytishicha, shunchaki raqobatchilarni kuzatib o‘tirmasdan, tavakkalchilik darajasi xavfli bo‘lgan sohalarga yangiliklarni olib kiruvchilar – eng yaxshi liderlardir. Bezosning innovatsion taktikasi oxirgi chorak asr uchun shu darajada omadli ediki, Mark Sukerberg kitobining bir sahifasini unga ajratdi.

Facebook yaqindagina o‘zining shaxsiy kriptolvalyutasi – Libra’ni ishga tushirishi haqida ma’lum qilgandi. Ushbu loyiha bankda hisob raqami mavjud bo‘lmaganlar uchun arzon hamda qulay moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Mark Sukerberg yangi valyuta orqali savdo qiluvchi kompaniyalardan keladigan reklama orqali katta daromad olishni maqsad qilgan.

O‘QING: Jeff Bezos tashlagan besh qadam yoki Amazon qanday qilib 1 trillion dollarlik kompaniyaga aylangani haqida

Texnokompaniyaning moliyaviy sektorga qo‘yilgan ushbu dalil qadami omadli chiqadigan bo‘lsa, bu jarayon jahon bank sistemasiga katta ta’sir o‘tkazishi mumkin. Demorkatlar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lgan Endryu Yangning ta’kidlashicha, ushbu loyiha tinimsiz rivojlanayotgan dunyoda “bank operatsiyalariga aloqasi yo‘q” insonlar uchun alohida ahamiyat kasb etishi mumkin.

O‘QING: Dunyoning eng boy odami kompaniyasi bankrot bo‘lishini bashorat qildi

Oxirgi yillarda muammo ustiga muammo ortirayotgan Facebook singari texnogigant uchun yangi yo‘nalishga qilinayotgan “sayohat” omadsiz kechgan taqdirda, kompaniya ancha qimmatga tushishi ham turgan gap.

Bezos Amazon platformasida  tavakkalchilik darajasi xavfli bo‘lgan innovatsion yechimlarni ko‘p bora sinab ko‘rishga ulgurgan. Masalan, texnogigant 2014 yilda kuchli smartfon ishlab chiqarish maqsadida Amazon Fire modelini sotuvga chiqardi. Afsuski, Bezosning ushbu loyihasi bir yilning ichida xonavayron bo‘ldi, kompaniya esa shu tufayli 170 million dollarga zarar qildi.

O‘QING: Jurnalistning "qilmishi" dunyoning eng boy odamlaridan biriga juda qimmatga tushdi!

Ammo, katta tavakkal bilan qilingan ishlar kompaniyaga baribir sezilarli turtki berdi. Hisob-kitoblarni bulutli serverlarda amalga oshirishga mo‘ljallagan platforma bo‘lmish Amazon Web Services 2006 yilda ishga tushirilgan edi. 2018 yilga kelib loyiha 25 million dollar olib kelgan holda, kompaniyaning operatsion foydasida katta ulushni egallagadi. Amazon Prime Video va Alexa singari ko‘plab yangi loyihalar ham ishga tushirilish vaqtida turli xavflardan holi emasdi.

 “Fire telefoni kasodga uchragan bo‘lsada, biz o‘z bilimimizni to‘g‘ri ishlatgan holda, Echo va Alexa’ni yaratish ishlarini tezlashtirish uchun bor kuchimizni ishga sola oldik”, - deb yozadi Bezos o‘zining aksionerlarga qilgan murojaatnomasida.

O‘QING: Mark Sukerberg xotiniga innovatsion «uyqu yashigi» yasab berdi: natijadan o‘zi ham hayratda!

Amazon madaniyati – ya’ni, omadsiz va xavfli ko‘rinsada tinimsiz ravishda yangiliklarni qo‘llab ko‘rish – boshqa raqobatchilarga qarab ish tutuvchi kompaniyalar odatiga ziddir. Bezosning ta’kidlashicha, raqobatchilarni kuzatishga juda ko‘p vaqtini sarflaydigan kompaniyalar, o‘z mijozlari nimani xohlayotganligini unutib qo‘yadi.

Sukerberg uzoq vaqt davomida Instagram va WhatsApp singari yirik, shu bilan birga omadli loyihalarni sotib olishni mo‘ljallab keldi. Endi esa u o‘z qo‘li bilan Facebook’ni boshi berk ko‘chaga olib kirmoqda.

O‘QING: Telegram asoschisi Durov: «Nima uchun WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmaydi?»

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!