Litsenziyasiz Windows hamda Office ishlatgan ayol 3600 yevro jarima va 6 oylik qamoqqa hukm etildi

  •   DiMaX
  •  1017
  •  31.05.2021 11:32

Litsenziyasiz Windows hamda Office ishlatgan ayol 3600 yevro jarima va 6 oylik qamoqqa hukm etildi

Ispaniya oliy sudi yaqinda Windows operatsion tizimi hamda Office dasturlar majmuasining nolegal versiyalaridan foydalangan ayolga nisbatan hukm o‘qidi. Xabarga ko‘ra, sudlanuvchi o‘z ofisidagi ikkita kompyuterida Microsoft dasturiy ta’minot mahsulotlarining «qaroqchi» («piratskiy») talqinlarini o‘rnatib olgan ekan.

O‘QING: «Windows 11» ham tayyor – Microsoft rahbari allaqachon unga o‘tib olgan!

Ushbu holat bo‘yicha birinch sud qarori 2017 yildayoq chiqarilgan ekan. O‘shandan buyon ayol mazkur qarordan norozilik bildirib ikki marta shikoyat arizasi kiritgan, ammo oxir-oqibatda baribir jazoga tortilgan.

Jazo ham uncha-muncha emas: olti oylik qamoq va 3600 yevro miqdorida jarima! Bulardan tashqari, u Windows hamda Office’ning litsenziyali nusxalari qiymatini Microsoft’ga to‘lab berishi ham kerak.

Aytish kerakki, nolegal dasturiy ta’minot mahsulotlaridan foydalanganlik uchun bunchalik qattiq jazo Ispaniyada birinchi marta ushbu holatda qo‘llanmoqda. Oliy sud mazkur hukmni chiqarishda mamlakat Jinoyat kodeksining 2015 yilgi reformasiga tayangan. O‘shandan buyon Ispaniyada litsenziyasiz mahsulot va servislardan tijoriy foydalanish jinoyat hisoblanadi.

O‘QING: Endi Word, Excel va PowerPoint bitta ilovada

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!