Lifeproof firmasi Google Pixel smartfonlari uchun suv o‘tkazmaydigan chexol yaratdi

Lifeproof firmasi Google Pixel smartfonlari uchun suv o‘tkazmaydigan chexol yaratdi

Avvalroq saytimizda xabar berganimizdek,  4 oktyabr kuni Google kompaniyasi Pixel va Pixel XL smartfonlarini taqdim qildi. Ushbu smartfonlar kuchli kamera, Google Assistant va maxsus dasturiy ta’minot bilan ajralib turadi. Biroq boshqa firma flagmanlari bilan solishtirganda Google Pixel smartfonlari suv va changga yetarli darajada chidamli emas. Mana shu kamchilikni bartaraf etish maqsadida Lifeproof firmasi Pixel smartfonlari uchun suv o‘tkazmaydigan chexollarni ishlab chiqdi. Chexollar mazkur smartfonlarga 2 metrgacha bo‘lgan suv havzasiga tushishiga yordam beradi. Shuningdek, Lifeproof chexollari  qurilmalarni ikki metrgacha bo‘lgan balandlikdan yerga tushib ketganda, kir va qordan himoya qiladi.

Yangi Google Pixel smartfonlari suv va changdan IP53 standarti bo‘yicha himoyalangan. Ammo bu smartfonlardan xotirjam foydalanishga kamlik qiladi. Lifeproof chexollari bilan mazkur gadjetlar yanada kuchli himoyaga ega bo‘ladi.

Chexollar tez orada sotuvga chiqariladi. Ularning narxi borasida hozircha ma’lumot berilmagan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!