LineageOS yordamida eski rusumlardagi smartfonlarga ham Android 9 Pie o‘rnatamiz! (+yuklab olish uchun havolalar)

  •   DiMaX
  •  1770
  •  26.08.2019 12:30

LineageOS yordamida eski rusumlardagi smartfonlarga ham Android 9 Pie o‘rnatamiz! (+yuklab olish uchun havolalar)

Google kompaniyasi Android 9.0 Pie talqinidagi operatsion tizimini taqdim etganidan so‘ng ma’lum vaqt o‘tib, ko‘plab smartfonsozlar o‘zlarining ayrim mahsulotlarini ungacha yangilay boshlashgan. Biroq nisbatan eski modellardagi smartfonlar uchun bu tizim talqiniga asoslangan proshivka ishlab chiqilmagan.

O‘QING: Samsung eng arzon va ommabop smartfonlarini ham Android 9 Pie’gacha yangilay boshladi

LineageOS ishlab chiquvchilari esa mazkur kamchilikni qisman bartaraf etishdi. Ya’ni, Android operatsion tizimining 9.0 Pie talqiniga asoslangan LineageOS 16 grafik qobig‘ini bir qator eski va yangi rusumlardagi smartfonlarga moslab chiqarishdi.

Ayni damda sakkizta rusumdagi telefon uchun LineageOS 16 proshivkasini tegishli havolalar orqali yuklab olish mumkin:

  1. Samsung Galaxy S4 Value Edition (GT-I9515/L) (jfvelte)
  2. Samsung Galaxy A3 (2016) (a3xelte)
  3. Samsung Galaxy A5 (2016) (a5xelte)
  4. Samsung Galaxy S5 Neo (s5neolte)
  5. Razer Phone (cheryl)
  6. ASUS ZenFone 6 (ZS630KL) (I01WD)
  7. OnePlus 6T (fajita)
  8. OnePlus 7 Pro (guacamole)

Eslatib o‘tamiz: smartfoningizda amalga oshiriladigan shu kabi har qanday tajribalar natijasi uchun javobgarlik to‘laligicha o‘z zimmangizda bo‘ladi. Har ehtimolga qarshi, smartfonga chet proshivka o‘rnatishdan avval uning joriy holatdagi proshivkasini zaxiralab qo‘yishni tavsiya etamiz. Buning qanday amalga oshirilishi esa quyidagi maqolamizda ko‘rsatib berilgan:

O‘QING: Android-smartfonni sotishga tayyorlaymiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!