“LinkedIn” 26,2 mlrd dollarga baholandi. Xaridor esa juda taniqli …

“LinkedIn” 26,2 mlrd dollarga baholandi. Xaridor esa juda taniqli …

Microsoft professional kontaktlar ijtimoiy tarmog‘i sanalgan “LinkedIn”ni 26,2 milliard dollar yoki aksiya uchun 196 dollarga sotib olmoqda, deyiladi Microsoft xabarida. LinkedIn o‘z brendi va rahbarligini saqlab qoladi, deya aniqlik kiritiladi xabarda.
Mazkur sayt 433 million kishilik auditoriyaga ega bo‘lib, bir oyda 100 milliondan ortiq noyob foydalanuvchilarni jalb etish asnosida auditoriya o‘sishi borasida yaxshi namuna ko‘rsatmoqda, deya baholaydi Microsoft.
LinkedIn dunyoning eng ommabop ijtimoiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, jahonning 200 mamlakatidan 150 dan ziyod kompaniya-muassasalari mazkur messenjerning mijozi hisoblanadi.
Bir muddat avval The Real Deal’ning yashirin forumida  “LinkedIn” messenjeri hisob ma’lumotlar bazasi, hamda 117 mln foydalanuvchilarning elektron pochta manzili va parollari sotuvga qo‘yilgan edi.
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.