Linux bazasida iPadOS kloni yaratildi: JingOS planshet va noutbuklarga, keyin smartfonlarga chiqadi! (+video)

  •   DiMaX
  •  523
  •  19.01.2021 15:09

Linux bazasida iPadOS kloni yaratildi: JingOS planshet va noutbuklarga, keyin smartfonlarga chiqadi! (+video)

Apple korporatsiyasi planshetlar bozorida tengsiz yetakchidir va bunda kompaniyaning o‘zi ishlab chiqqan iPadOS operatsion tizimining ham hissasi katta. Uning uchun tayyorlanayotgan ilovalar ham ko‘p; bu borada Android undan ancha orqada.

O‘QING: 2021 yili taqdim etishga Apple nimalarni tayyorlamoqda?

Shu boisdanmi, xitoylik dasturchilar JingOS nomli yangi operatsion tizimni ishlab chiqishdi. Bu – aslida iPadOS’ga juda o‘xshash bo‘lgan Linux distributividir.

JingOS tizimi kupertinoliklarning iPadOS tizimiga o‘xshashligi yaqqol ko‘rinib turibdi – foydalanuvchi interfeysi, ilovalar belgichalarining shakli va ekranda joylashuvi.

Ushbu operatsion tizimning afzalliklaridan biri – u sichqoncha va klaviatura bilan ishlashni ham, sensor ekran orqali boshqarishni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Shuning evaziga JingOS tizimini planshetlarda ham, noutbuklarda ham qo‘llash mumkin. Tizimning o‘ziga o‘rnatilgan bir qator ilovalar foydalanuvchilarning asosiy ehtiyojlariga javob bera oladi.

Ayni damda JingOS rasman HUAWEI MateBook 14 hamda Microsoft Surface 6 qurilmalarida ishlay oladi. Dasturchilar uni qo‘llab-quvvatlovchi devayslar ro‘yxatini kengaytirishga va’da berishmoqda; shu jumladan, uning ARM-protsessorli planshetlarda ham ishlashini ta’minlashmoqchi. Tizimning planshet versiyasi yanvarning so‘ngigacha taqdim etiladi, yilning oxirigacha esa smartfonlar uchun mobil versiyadagi JingOS ham chiqadi!

O‘QING: Arzon noutbuk va planshetlarga mo‘ljallangan yangi operatsion tizimni ilk yirik videoda ko‘ramiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!