Linux ikki milliondan oshiq noutbuklarni ishdan chiqardi – endi ularni faqat servis markazlari tuzatishi mumkin

  •   DiMaX
  •  1038
  •  21.12.2017 13:05

Linux ikki milliondan oshiq noutbuklarni ishdan chiqardi – endi ularni faqat servis markazlari tuzatishi mumkin

Linux operatsion tizimi bazasida ishlaydigan ko‘pchilik noutbuklarning egalari qiyin ahvolga tushib qolishdi. Joriy yilning oktyabrida taqdim etilgan Ubuntu 17.10 talqinidagi nuqson ikki milliondan oshiq noutbukka ziyon yetkazdi. Endi bu qurilmalarni faqatgina ishlab chiqaruvchi kompaniyaning servis markazlari tuzata oladi.

O‘QING: HP noutbuklarida josus bor ekan!

Hozirda eng dolzarb bo‘lgan Ubuntu 17.10 operatsion tizim talqinidagi bag sababli Lenovo kompaniyasining ko‘plab noutbuklari hamda Acer’ning bitta modeldagi noutbukida BIOS proshivkasi zararlangan. Natijada nafaqat ularda operatsion tizimni, balki portativ kompyuterning o‘zini ham ishga tushirib bo‘lmay qolgan. Muammo oqibatida bu gadjetlarda biror operatsion tizimni CD-ROM yoki USB-tashuvchi orqali ham yuklash imkoni bo‘lmayotir.

Ushbu operatsion tizimning ishlab chiquvchisi – Canonical kompaniyasi u tufayli zararlangan noutbuk modellari ro‘yxatini oshkor etmayotir. Ammo bundan ziyon ko‘rgan foydalanuvchilarning o‘zlari turli forumlarda yozishib, mazkur ro‘yxatni tuzishgan.

O‘QING: Xiaomi jahonni hayratga soluvchi noutbuk ishlab chiqarmoqda

Mana, yangi Linux versiyasi sababli ishdan chiqqan noutbuk modellari ro‘yxati quyidagicha:

  • Lenovo B40-70
  • Lenovo B50-70
  • Lenovo B50-80
  • Lenovo Flex-3
  • Lenovo Flex-10
  • Lenovo G40-30
  • Lenovo G50-70
  • Lenovo G50-80
  • Lenovo S20-30
  • Lenovo U31-70
  • Lenovo Y50-70
  • Lenovo Y70-70
  • Lenovo Yoga Thinkpad (20C0)
  • Lenovo Yoga 2 11″ – 20332
  • Lenovo Z50-70
  • Lenovo Z51-70
  • Lenovo Ideapad 100-15IBY
  • Acer Aspire E5-771G

O‘QING: Noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda o‘zaro ma’lumot almashish

Ayni damda, yana boshqa noutbuklarga ham zarar yetkazib qo‘ymaslik uchun, Canonical kompaniyasi Ubuntu 17.10 operatsion tizim talqinini ko‘chirib olish havolasini ishlab chiquvchining saytidan olib tashlagan. Kompaniya mutaxassislari nafaqat muammoning yechimi ustida, balki operatsion tizimning bu xatolikdan xoli yangi talqinini yaratish ustida ham ish olib borishmoqda.

Agarda siz ham Linux operatsion tizimini ishlatadigan bo‘lsangiz, to yangi versiyasi chiqquniga qadar kompyuteringizga Ubuntu 17.10 talqinini o‘rnatmay turishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Xakerlar qanday kompyuter va operatsion tizimdan foydalanishadi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.