Linux operatsion tizimi yaratilganiga 25 yil bo‘ldi

Linux operatsion tizimi yaratilganiga 25 yil bo‘ldi

1991 yilning 25 avgust kuni dasturchi Linus Tosvalds internetda o‘z hamkasblaridan yangi operatsion tizimni yaratishda ko‘maklashishni so‘rab xabar yozgan edi. O‘sha paytda kun kelib Linux dasturi  jahonda eng keng tarqalgan ochiq operatsion tizimga aylanishini hech kim o‘ylamagan edi.

Linux bazasidagi operatsion tizimlar bugun superkompyuterlar, mikrokompyuterlar, server va smartfonlar bozorida yetakchilardan hisoblanadi. Bularning barchasi esa shunchaki bir havaskor dasturchining xobbisidan kelib chiqqan. Demak, hech qachon yangi g‘oyalarni sinab ko‘rishdan erinmaslik kerak. Kim biladi, bir kun kelib ushbu mitti g‘oya fazolarni zabt etsa…

“Barcha Minix foydalanuvchilariga salom! Men 386 (486) AT klonlari uchun operatsion tizim yaratmoqdaman (bu shunchaki xobbi, u gnu singari katta va mukammal bo‘lmaydi)”, – deb yozgan edi Linus Usenet comp.os.minix forumida.

U mana shu so‘zlar hayotidagi eng katta loyihaga poydevor qo‘ygan edi. Bu xuddi xobbi asosiy mashg‘ulotga aylanib, sen o‘z sevgan ishingni qilish bilan pul topishga o‘xshaydi.

Axir, bu maroqli emasmi!?

Kuni kecha Linux Foundation kompaniyasi o‘zining chorak asrlik yutuqlari haqida batafsil hisobotni chop etdi. 2005 yildan beri Linux dasturining rivojiga 1300 ta kompaniyadan bo‘lgan 13 500 dan ortiq mutaxassislar o‘z hissalarini qo‘shganlar. 3.19 va 4.7 versiyalari davomida Tosvaldsning operatsion tizimi soatiga 7,8 patchni qabul qilgan. Intel, Red Hat, Linaro, Samsung, SUSE, IBM, Renesas, Google, AMD, Taxas Instuments va ARM loyihaning yirik homiylari hisoblanadi.

sm.linusjpg-e0b4268ec3704d1b.750

Linus Tosvalds o‘zining dasturi bilan kompyuterlar sanoatini egallashi, va kerak bo‘lsa bunga yana 25 yil sarflashi mumkinligini aytib o‘tgan.

Bugungi kunda kompyuterlar bozorining (operatsion tizim nazarda tutilmoqda)  katta qismini Microsoft egallagan, Mac OS ikkinchi, Linux esa uchinchi o‘rinni band qilgan. Ammo mobil qurilmalar sanoatida Linux bazasida yaratilgan Android operatsion tizimi yetakchilik qilib kelmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!