Lost Ark o‘yini Steam tarixidagi eng ko‘p o‘ynalgan o‘yinlardan biri bo‘ldi

Lost Ark o‘yini Steam tarixidagi eng ko‘p o‘ynalgan o‘yinlardan biri bo‘ldi

Amazon Game studiyasi tomonidan ingliz tiliga o‘girilib, g‘arb davlatlarida ham chiqarilgan Lost Ark onlayn o‘yini Steam platformasida shu qadar mashhur o‘yinlardan biriga aylandiki, hozirda o‘yin serverlarida muammolar bo‘lmoqda. 

SteamDB ma’lumotlariga ko‘ra, Lost Ark o‘yinini bir vaqtning o‘zida 1 million 325 mingdan ortiq o‘yinchilar o‘ynamoqda va bu natija bilan u Steam platformasida eng ko‘p o‘ynalayotgan ikkinchi o‘yin bo‘lib turibdi. CS:GO o‘yinchilari 1 million 8 ming, Dota 2 o‘yinchilari esa 1 million 295 mingdan ortiq bo‘lib, ular uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarda turishibdi. 

3 million 250 mingdan ortiq real vaqt o‘yinchilari bilan birinchilikni egallab turgan PUBG: Battlegrounds o‘yinining esa hozircha munosib raqibi topilgani yo‘q.

O‘QING: Sobiq UFC jangchisi metaolamda jang qilmoqchi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.