Louis Vuitton rahbaridan o‘zib ketgan Ilon Mask dunyoning to‘rtinchi eng boy insoniga aylandi

  •   DiMaX
  •  587
  •  18.08.2020 17:21

Louis Vuitton rahbaridan o‘zib ketgan Ilon Mask dunyoning to‘rtinchi eng boy insoniga aylandi

Amerikalik tadbirkor, SpaceX hamda Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask fransuz kompaniyalar guruhi LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) bosh direktori Bernar Arnoni ortda qoldirib, dunyoning to‘rtinchi eng boy insoniga aylandi. Bu haqda Bloomberg xabariga tayanib Sof.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Starlink «fazoviy» internetini sinab ko‘rganlarning hafsalasi pir bo‘ldi!

Agentlik xabariga ko‘ra, dushanba kuni Tesla aksiyalari 11% ga qimmatladi, Maskning boyligi esa $7,8 mlrdga ko‘paydi. Hozirgi paytda Bloomberg tadbirkorning boyligini $84,8 mlrd. deb baholamoqda. Beshinchi o‘rinni $84,6 mlrd. bilan Bernar Arno, oltinchini esa $78,8 mlrd. puli bilan Hindistondagi Reliance Industries egasi Mukesh Ambani egallagan.

49 yoshli Mask ayni damda Amerikada va butun dunyoda faqat uchtagina odamdan ko‘ra kambag‘alroq. Bular – Facebook asoschisi Mark Sukerberg ($99 mlrd), Microsoft hammuassisi Bill Geyts ($121 mlrd) hamda ketma-ket uch yildan beri Yer sharining eng boy odami, Amazon korporatsiyasi rahbari Jeff Bezos ($188 mlrd).

Tesla kompaniyasiga 2003 yilda Mask tomonidan asos solingan. Boshida u Tesla Motors deb atalar edi, keyinchalik faqat Tesla qoldi. Avvaliga kompaniya faqat elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi, keyinroq esa quyosh batareykalari va boshqa energiya to‘plovchi tizimlar ham ishlab chiqaradi. Hozirda Tesla butun avtomobil ishlab chiqarish sanoatidagi eng qimmat kompaniya sanaladi. U Amerika, nemis va yapon avtoshirkatlarini kapitalizatsiyasi bo‘yicha ortda qoldirgan.

O‘QING: Tesla’ning kutilmagan kushandasi: Sony o‘z elektromobilini yo‘lga chiqardi (+video)