LPDDR5X tezkor xotiraga ega bo‘lgan birinchi smartfon taqdim etiladi

LPDDR5X tezkor xotiraga ega bo‘lgan birinchi smartfon taqdim etiladi

Snapdragon 8+ Gen1 chipi bilan jihozlangan realme GT2 Explorer Master smartfoni 12 iyul sanasida taqdim etilishi kutilmoqda. 

Bugun kompaniya qurilma haqida bir necha ma’lumotlarni oshkor qildi. Unga ko‘ra, smartfon birinchilardan bo‘lib LPDDR5X RAM xotirasiga ega bo‘ladi. 

Weibo'dagi postga esa GT Explorer Master metal rom va HDR10+ funksiyasini qo‘llab-quvvatlovchi 120 gerts chastotali displey bilan jihozlandi. 

LPDDR5X tezkor xotirasi 8.5 Gb/s gacha bo‘lgan tezlikni taqdim etadi. Bu ko‘rsatkich LPDDR5 xotirasida 6.4 GB/s ni tashkil qilar edi. Yangi RAM, shuningdek, avvalgi avlodidan 20% kamroq quvvat sarflaydi. 

Hozirda Samsung kompaniyasi 14 nanometrli texnologiya asosida bunday xotira chiplarni ishlab chiqarishni boshlagan. 

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, realme GT2 Explorer Master ekrani ko‘zni himoya qilish uchun 16 000 dan ortiq avtomatik yorqinlikni sozlash darajasiga ega bo‘ladi. Old panelning pastki qismidagi ramkaning qalinligi atigi 2.37 millimetrni tashkil qiladi. 

Smartfonning rasmiy taqdimoti kelasi haftada bo‘ladi. Ungacha kompaniya smartfon to‘grisida yana yangi ma’lumotlar berishini kutib qolamiz. 

O‘QING: Xiaomi 12S va Xiaomi 12S Pro smartfonlari bilan tanishamiz 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!