Lumia 950 XL: foto-sayohat uchun ideal smartfon

Lumia 950 XL: foto-sayohat uchun ideal smartfon

Sayohatga chiqayotgan har kim borki, tashrif buyurishni ko‘zlayotgan manzillarni yorqin rangda bir umrga muhrlashni istaydi. Bugungi texnika asrida esa buning uchun cho‘ntak fotokamerasini ko‘tarib yurishning ham hojati qolmadi. Boisi, ixcham va innovatsion smartfonlar olayotgan suratlar sifati bo‘yicha ular bilan bellasha oladi.

Misol uchun, Microsoft Lumia 950 XL flagmani kamerasida olingan suratlar havaskorlarni ham, professional suratkashlarni ham xursand qiladi.

Turli janrdagi fotografiyaga mo‘ljallangan ilg‘or smartfon

Sayohat insonni nafaqat ruhan tarbiyalaydi, shu bilan birga, uni suratkash sifatida ham kashf qiladi. Shaharlar, tabiat va obidalar aks etgan go‘zal suratlar asosan sayyohlar tomonidan olinadi. Chunki, sayyoh yangi manzilga xos “turfa xillik”ni oson ko‘radi.

Sayohat mobaynida go‘zal manzarali suratlar, portretlarni rang-barang janrda ishlash mumkin. Ya’ni, munosib kamera bo‘lsa, “hayot lahzasi”ni muhrlash ham oson.

Zamonaviy, shisha va metall uyg‘unligida ishlangan nafis gadjet sizni hayotga, tabiatga yangicha, undan ilhomlangan nigohda qarashga undaydi. Bu esa “jonli” surat olish uchun muhim.

Fotografning nuqtai nazariga ko‘ra, Lumia 950 XL qoyilmaqom dizaynga ega. Bir tarafdan apparat chiroyli va ulkan, noodatiy kamera ob’yektivi bilan ko‘rinishda.

Suratga olishdagi tezkorlik va ilg‘orlik

Lahzani muhrlash uchun kameradan tezkorlik talab etiladi. Agar biz bu gadjetga tasvirga oluvchi qurilma sifatida baho beradigan bo‘lsak, kamera tezkorligi va suratga olishga mo‘ljallangan optimal ilovasi tufayli gadjet foydalanuvchida ijobiy taassurot shakllantiradi.

Tasavvur qiling: ko‘chada ketyapsiz va to‘satdan qiziqarli va muhim bo‘lgan biror manzara, vaziyatga duch kelib qoldingiz. Uni suratga olish maqsadida, cho‘ntakdan smartfonni olasiz va tizimga kirish, kamera ilovasining ishga tushirish uchun, so‘ngra fokusni to‘g‘irlash uchun kutasiz.

Bularning barchasi vaqtni olishi va zarur manzara bu vaqtga kelib ahamiyatini yo‘qotishi mumkin. Lumia 950 XL’ning kamerasini esa “uyqu” rejimidan ham tezkorlik bilan ishga tushirish mumkin. Unda suratga olishga mo‘ljallangan interfeys ham zudlik bilan faoliyatga kirishadi. Shuningdek, kameraning fazali fokusirovka tizimi ham kerakli paytda yashindek ishlab ketadi.

Smartfonning yana bir muhim jihati – uning korpusining yonida kameraning elektron mexanizmini ishga tushiruvchi maxsus tugmacha bor.

Gadjet kamerasini sozlash esa mohir kameralarning sozlamasidek keng imkoniyatlarga boy.

Mahoratli fotosuratchi o‘z kamerasining imkoniyatini besh barmog‘iday bilgani kabi, Lumia 950 XL smartfoni ham mobil-foto ishtiyoqmandi bo‘lgan foydalanuvchisiga kamera imkoniyatlarini qisqa fursatda o‘rgatib qo‘yadi.

Eng muhimi – bu gadjet kamerasida suratlarni faqatgina avtomat rejimda olish emas, kamerani sozlash ham mumkinligi. Lumia 950 XL “aqlli telefoni”ning avtomat rejimi ham a’lo darajada ishlaydi. Ayniqsa, tezkor mahalda bu qobiliyati ish beradi. Kamera parametrlarini o‘zingiz sozlasangiz smartfon imkoniyatalrini bir necha bor oshiradi va to‘liq namoyon etadi.

ISO ta’sirchanligini o‘zgartirish, oq rang tusini optimallashtirish foydalanuvchi uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi. Lumia 950 XL’da siz qo‘lingizda professional fotoapparatni his qilasiz. Bularning barchasini murakkab menyu emas, yagona interfeysdan o‘rin olgan sozlamalar yordamida bajarish mumkin.

Sifatli surat olish uchun hamma sharoit muhayyo

Fotografiyaga ikki omilga ko‘ra baho berish mumkin: ijodiy va surat sifatiga ko‘ra. Birinchisi, fotogarfga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi qurilmaning zimmasidagi vazifa.

Ko‘pchilikning fikricha, surat aniq-tiniq bo‘lishi, uning markaziy nuqtasi to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi, ortiqcha yorug‘lik va xiraliklardan xoli bo‘lishi, oq  rang tusi me’yorida bo‘lishi kerak. Modomiki, bu muhim vazifalarni bajarishda qurilma ham yordamga kelar ekan, fotograf ixtiyorida ijodiy fikrlashga yetarli vaqt bo‘ladi.

Lumia 950 XL smartfonida kadrlarni chinakamiga yuqori sifatli qilib olish uchun barcha imkoniyat mujassam qilingan.

Uning 20 megapikselli matritsaga ega kamerasi katta sig‘imli, yorqin suratlar olishga xizmat qiladi. Smartfonning grafik-tasvirlarni qayta ishlash, tahrirlash ko‘nikmasi ham yuqori darajada. Hatto yorug‘lik yetishmagan vaziyatda ham  Lumia 950 XL mobil aloqa vositasining F/1.9 diafragmali, yorug‘lik qamrovi keng bo‘lgan ob’yektivi uyaltirmaydigan tasvir olishga ko‘maklashadi.

Lumia 950 XL kamerasining muhim jihatlari: suratga olinayotgan ob’yektlardagi kichik detallarning ham aniq aks etishi. Agar manzarani fokuslashda biror xatolikka yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa, unda manzaraning har bir detalini aniq ko‘rish mumkin bo‘ladi. Agar yorug‘lik past bo‘lsa. kamera ostidan o‘rin olgan uchta  svetodiodli fotochaqnoqlar yordamga keladi.

Fokuslashning yuqori tezlikda amalga oshirilishi harakatdagi jismlar, hayvonlar va bolalar aks etgan tiniq suratlar ishlash uchun ayni muddao. Fokuslashning minimal masofasi hech bir qiyinchiliksiz ham yirik plandagi suratlarni ishlash imkonini beradi.

Suratni optik barqarorlashtirish funksiyasi har qanday sharoitda yordamga shay turadi. U ba’zida kamerani tutishda kuzatiladigan titroqlar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni maksimal darajada bartaraf qiladi. Natijada, lahza muhrlangan ajoyib surat katta ekranda ham kamerada ilk marotaba ko‘ringanidek sifatini yo‘qotmaydi.

Xulosa

Microsoft Lumia 950 XL cho‘ntakda bo‘lsa, sizga go‘zal taassurotlarni bir umrga asrab qo‘yish uchun qulay sharoit bor. U yorug‘ yoki qorong‘u sharoitni pisand etmaydigan kameraga ega, foydalanuvchisiga yordam beradigan innovatsion gadjet.

Microsoft kompaniyasi  Lumia 950 XL’ni 2015 yilning oktyabr oyida taqdim qilgan. Ushbu smartfon Windows 10 Mobile operatsion tizimida ishlaydi.

Lumia 950 XL mobil telefoni 5,7 dyuymli displeyga ega, ekran sig‘imi 2560x1440 piksel. U 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 810, 3 GB tezkor, 32 GB doimiy xotira kartasi bilan ta’minlangan. Micro SD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi 200 GBaytgacha fleshkani o‘qiydi. Uning akkumulyator sig‘imi 3000 mA·soat. Og‘irligi 150 gramm.

Lumia 950 XL’da Continuum, ya’ni uni montior va klaviaturaga ulash funksiyasining tatbiq etilishi, ko‘zni skaner qilish tizimi smartfon sanoatida muhim yangilik bo‘lgan.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

www.olx.uz $500 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.