M1 chipiga asoslangan Apple A14X birinchi bo‘lib iPad Pro'ga o‘rnatiladi

M1 chipiga asoslangan Apple A14X birinchi bo‘lib iPad Pro'ga o‘rnatiladi

Aprel oyida namoyishi o‘tkaziladigan yangi iPad Pro haqida internetda ko‘plab mish-mishlar tarqalmoqda. Ushbu norasmiy xabarlarga ko‘ra, yangi iPad'ga MacBook'larga o‘rnatilgan M1 chipi kabi unumdorlikka ega bo‘lgan boshqa bir yangi chip o‘rnatiladi.

O‘QING: Apple haqida siz bilgan va bilmagan 14 fakt

9to5Mac beshinchi iOS 14.5 beta-versiyasida aniqlangan yangi A14X chipi haqida xabar berdi. Bu bilan ushbu chip to‘g‘risidagi mish-mishlari o‘z tasdig‘ini topdi. 

iPad Pro'dan tashqari, iPad Mini haqida ham mish-mishlar tarqaldi. Shuningdek, Pro model Thunderbolt konnektoriga ega bo‘lib,  monitor va tashqi qurilmalar bilan tezkor ulanish imkonini beradi.

O‘QING: iPhone 12'larni zaryadchiksiz sotgani uchun Apple'ni jarimaga tortishdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.