Mac’dagi keraksiz ilovalarni tezda o‘chirib, joyni bo‘shatamiz

  •   DiMaX
  •  1150
  •  02.05.2017 10:47

Mac’dagi keraksiz ilovalarni tezda o‘chirib, joyni bo‘shatamiz

Mazkur Apple kompyuterlarining ko‘pchiligida deyarli ishlatilmaydigan, ammo ko‘p joy egallagan yirik dasturlar o‘rnatilgan. Ularni osongina topish va diskida joyni tezda bo‘shatish mumkin.

Buning uchun chet ishlab chiquvchilarning hech qanaqa qimmatbaho utilitalari kerak emas. Bizga zarur narsalarning hammasi macOS operatsion tizimining o‘zida mavjud. Apple operatsion tizimning so‘nggi yangilanishlaridan biri – macOS Sierra’ga shunday foydali funksiyani qo‘shgan. Undan foydalanish esa o‘ta oson.

Ketdikmi?

  1. Apple menyusini ochib, undagi «Ob etom Mac» bo‘limiga kiring.

  1. Disk haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatuvchi «Xraniliщye» varaqasiga o‘tib, «Upravlyat» tugmachasini bosing.

  1. Ochilgan oynaning yon panelida dasturlarni ko‘rsatuvchi «Programmi» bandini tanlang va ko‘rsatilgan dasturlarni hajmiga ko‘ra saralang.

  1. Keraksiz va katta hajmli ilovalarni toping, qaysi birini o‘chirish lozim bo‘lsa, o‘shaning nomi ustiga kursorni olib boring. Dasturni o‘chirib tashlash uchun krestcha ustiga bosing.
  2. O‘chirishingizni tasdiqlang.

Shu oddiygina usul yordamida Mac App Store’dan o‘rnatilgan ilovalarni ham, boshqa manbalardan olinganlarini ham o‘chirib tashlash mumkin. Bunda ular odatdagi «Programmi» jildida saqlanadimi yoki boshqa istalgan joydami – farqi yo‘q, o‘chirsa bo‘ladi.

macOS’ning oldingi versiyalaridan qolgan dastur o‘rnatgichlari, siz bir necha oydan buyon umuman ishlatilmagan Xcode va shu kabi ko‘plab keraksiz narsalar kompyuteringizning qattiq diskida joy egallab yotgandir. Yuqoridagi usul bilan ulardan qutulib, biryo‘la diskni bir necha gigabayt ortiqcha yukdan xalos eting.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!