Mac kompyuterlari uchun Apple o‘zining M1 rusumli ilk ARM-protsessorini taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  1262
  •  11.11.2020 13:32

Mac kompyuterlari uchun Apple o‘zining M1 rusumli ilk ARM-protsessorini taqdim etdi

Apple kompaniyasi kecha – 10 noyabr kuni bu yil kuzdagi uchinchi taqdimot marosimini o‘tkzdi. Boshqa mahsulotlari qatori, korporatsiya unda o‘zining ARM-arxitekturali birinchi kompyuter protsessori – Apple M1 chipsetini ham namoyish qildi.

O‘QING: iPhone 12 mini: eng kichkina 5G-smartfonning katta nuqsoni topildi

Apple M1 protsessori 5 nanometrlik TSMC texnologiyasi sosida ishlab chiqilgan. Unda 16 milliard tranzistor qo‘llangan bo‘lib, Apple shu paytgacha o‘z chiplariga bunchalik ko‘p tranzistor sarflamagan edi. Chipset jamlanmasida 8 yadroli hisoblash chipi (CPU), yana shuncha yadroli grfik tezltgich (GPU) hamda neyron tarmoqlari bilan bog‘liq hisoblashlar uchun 16 yadroli protsessor mavjud.

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, Apple M1 – shu paytgacha yaratilgan chiplarning eng qudratlisidir. Masalan, uning bazasidagi yangi MacBook Air akkumulyatorining bitta to‘la quvvati bilan 15 soatlik veb-syorfingga, 18 soat video ko‘rishga yaraydi. Ayni shu modelning Intel protsessori bazasidagi versiyasida esa bu ko‘rsatkichlar tegishlicha 11 va 12 soatga teng.

O‘QING: Dunyoda hozir qaysi brendlar noutbuklari eng ommabop?

M1 protsessori sarflanuvchi vatt energiyasi hisobiga eng yuqori samaradorlikka, dunyodagi eng tezkor shaxsiy kompyuter grafik tezlatgichiga hamda Apple Neural Engine tufayli mashinaviy ta’lim texnologiyasining inqilobiy samaradorligiga ega. Buning ustiga, u oldingi avlod Mac kompyuterlariga nisbatan ikki karragacha ortiq avtonomlikni ta’minlay oladi.

Yangi chipset tufayli kompyuter operatsion tizimi uyqu rejimidan bir zumdayoq qayta oladi – xuddi smartfon va planshetlar kabi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, ular o‘zlarining barcha chet ilovalarini Apple M1 afzalliklaridan foydalanishga mo‘ljallab optimizatsiya qilishgan. O‘z ilovalarini har ikkala – Apple Silicon hamda Intel platformalariga moslab yaratish va optimallashtirish uchun dasturchilarga ham barcha kerakli jihozlar taqdim etiladi.

Apple M1 protsessori bazasidagi ilk qurilmalar – MacBook Air 2020, Mac Mini 2020 hamda MacBook Pro 13 Pro 2020 ham kechaning o‘zida taqdim etildi.

O‘QING: MacBook Pro (2020) savdosida endi bitta smartfon pulini tejash mumkin!