Mac Studio - Apple tomonidan yaratilgan eng kuchli kompyuter

Mac Studio - Apple tomonidan yaratilgan eng kuchli kompyuter

Kecha Apple “Peek Performance“ tadbirida o‘zining eng kuchli komputeri - Mac Studio'ni taqdim etdi. Mac Studio bu Mac mini'ning kattaroq hajmdagi varianti bo‘lib, unga M1 Max yoki eng so‘nggi M1 Ultra chipi o‘rnatilgan. 

Mac Studio'ning balandligi 9.5 sm, kengligi esa 19,7 sm bo‘lib, u ish stoli kompyuteri uchun mo‘ljallangan. Uning og‘irligi 2.7 kg yoki 3.6 kilogrammni tashkil qiladi, bu sizning qaysi protsessorni tanlashingizga bog‘liq 

Apple kompaniyasi Mac Studio ichiga pastdagi teshiklardan sovuq havoni so‘rish uchun qurilmaning yuqori qismidagi parraklardan foydalanadigan termal tizim o‘rnatdi. 

Orqa tomonda bir necha turdagi portlar mavjud. Ular sirasiga har biri 40 Gbit/s o‘tkazuvchanlikka ega to‘rtta Thunderbolt 4 USB-C porti, 10 Gbit Ethernet, ikkita USB-A porti, bittadan HDMI, 3,5 mm audio jek va quvvat ulagichi kiradi. 

Old tomondan M1 Max Mac Studio ikkita 10 Gb/s USB-C porti va UHS-II SDXC karta uyasiga ega. Shuningdek, qurilmada dinamik ham mavjud. 

Mac Studio'ga beshtagacha displeyni ulash mumkin – to‘rttasi Thunderbolt USB-C orqali 60 Gts gacha chastotada va bitta to‘liq o‘lchamli HDMI orqali 4K dan 60 Gts gacha. 

Qurilma M1 Max yoki M1 Ultra chiplari bilan jihozlangan. M1 Ultra ikkita M1 Max chipidan iborat. M1 Max 10 yadroli CPU, 24 yadroli GPU va 16 yadroli Neyron dvigateliga ega.  M1 Ultra'da esa ushbu qismlar ikki baravarga oshgan, ya’ni chip 20 yadroli GPU, 48 yadroli GPU va 32 yadroli Neyron dvigateliga ega.  

Shuningdek, u ikki baravar ko‘p birlashtirilgan 64GB xotira va 1 TB SSD xotira, Max esa 32GB va 512GB SSD xotira bilan jihozlangan. 

M1 Max chipi 32 yadroli GPU bilan, M1 Ultra esa 64 yadroli GPU bilan sozlanishi mumkin. Har bir chipset 64GB yoki 128GB birlashtirilgan xotira va 1TB, 2TB, 4TB yoki 8TB 7,4GB/s SSD xotirasi bilan birlashtirilishi mumkin.

Odatdagidek, kompaniya Mac Studio ish faoliyatini baholash uchun noaniq raqamlarni taqdim etdi. M1 Ultra chipga ega bo‘lgan Mac Studio CPU unumdorligi 16 yadroli Xeon protsessorli Mac Pro'ga qaraganda 90% gacha va 28 yadroli Mac Pro'ga qaraganda esa 60% gacha yuqori. Grafika nuqtai nazaridan Mac Studio hozirda mavjud bo‘lgan eng tezkor Mac GPU'sidan 80% gacha tezroq ishlaydi. 

128GB birlashtirilgan xotiraga ega M1 Ultra Mac Studio bir vaqtning o‘zida 8K 4:2:2 ProRes videolarining 18 tagacha oqimini ko‘rsata oladi. 

Mac Studio'ga oldindan buyurtma berish berish mumkin. 18 mart sanasiidan esa qurilma o‘z xaridorlariga yetkazib beriladi. Uning narxi quyidagicha: 

Mac Studio M1 Max - 1999 dollar

Mac Studio M1 Ultra - 3999 dollar 

Qizig‘i ushbu narxlar qurilmaning boshlang‘ich narxi hisoblanadi holos. 

O‘QING: Yangi iPad Air taqdim etildi: M1 chip va 5G modem 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!