MacBook Pro (2020) savdosida endi bitta smartfon pulini tejash mumkin!

  •   DiMaX
  •  1424
  •  15.08.2020 10:45

MacBook Pro (2020) savdosida endi bitta smartfon pulini tejash mumkin!

Kupertinolik korporatsiya o‘zining qayta tiklangan qurilmalarini nisbatan arzon narxda sotishi bilan ham ma’lum. Masalan, u Mac Pro 2019 (yoki Mac Pro 7.1) kompyuterlarini naq 4000 dollargacha chegirma bilan savdoga qo‘ygan edi.

O‘QING: Qayta tiklangan iPhone’lar ishonchlimi? Apple sobiq xodimi aniqlik kiritadi

Apple endi o‘zining rasmiy saytida bu yilgi 13 dyuymlik MacBook Pro noutbukining qayta tiklanganlarini savdoga chiqardi. Afsuski, ular orasida eng zo‘r – 10-avlod Intel protsessorlilari yo‘q, faqat sakkizinchi avlod Intel Core i5 hamda Core i7 chipli laptoplar bor. Lekin narxidagi farqi 230 dollarga teng – bu pulga esa bitta hamyonbop smartfon olsa bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz: qayta tiklangan qurilma – xaridor kafolat bo‘yicha qaytarib bergan, zavodga jo‘natilgan va u yerda sinchiklab tekshirilib, kerakli detallari, korpusi va akkumulyatori almashtirilgan gadjetdir. Bunaqa devayslar ham, xuddi yangilari singari, original qadoqda, yangi aksessuarlar va bir yillik kafolat bilan sotiladi.

O‘QING: Har qanday iPhone’ning yangi yoki qayta tiklangan ekanini osongina aniqlaymiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!