MacBook’lar kushandasining taqdimot kuni va ayrim jihatlarini Redmi e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  932
  •  12.02.2021 17:50

MacBook’lar kushandasining taqdimot kuni va ayrim jihatlarini Redmi e’lon qildi

Xiaomi kompaniyasining arzonchi brendi yaqinda Apple noutbuklari uslubida ishlangan RedmiBook Pro noutbukini e’lon qilgan. Undan oldinroq esa Geekbench servisining ma’lumotlar bazasida RedmiBook Pro 15 hamda RedmiBook Pro 15S laptoplari tekshirib ko‘rilganligi aniqlangan edi.

O‘QING: 2020 yilda eng yirik noutbuksozlar qancha sotishdi?

Redmi endi o‘zining Weibo sahifasida ushbu devaysining navbatdagi reklama posterlarini tarqatdi. Posterlardan anglashiladiki, RedmiBook Pro noutbuki ham Redmi K40 hamda K40 Pro rusumli flagman smartfonlar bilan bir kunda – 25 fevralda namoyish etiladi.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, bu – Redmi brendining eng qudratli va yupqa noutbuki bo‘ladi. RedmiBook Pro turkumi 11-avlod Intel Core protsessorlari bazasida tayyorlanganini Xiaomi vakili rasman tasdiqlagan. Ya’ni, bu yerda Tiger Lake-H35 mobil protsessorlari haqida gap ketmoqda.

Shuningdek, uning Core i5 chipli versiyasi ham bo‘ladi. Har ikkala holatda ham noutbuklarda Nvidia GeForce MX450 grafik protsessori qo‘llanadi.

Ekrani diagonaliga 15 dyuymlik noutbuk alyuminiydan ishlangan korpus hamda ichkaridan yoritiluvchi klaviaturaga ega. Ayrim tizer muratlarda USB-C hamda to‘liq o‘lchamli HDMI portlari ham ko‘rsatilgan.

Bunisidan tashqari, Geekbench ma’lumotlar bazasida yana 14 dyuymlik RedmiBook Pro 14S noutbuki ham ko‘zga tashlangan. Kompaniya unda Ryzen 5 5700U protsessorini qo‘llagan.

O‘QING: Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?