Maktab o‘quvchilariga tekinga leptop beriladi

Maktab o‘quvchilariga tekinga leptop beriladi

Britaniyaning kam ta’minlangan oilalaridagi o‘smirlar koronavirus pandemiyasi sabab maktablar yopilgani bois uydan turib ta’lim olish uchun vaqtinchalik hukumat taqdim qilgan leptoplardan foydalanib turish imkoniga ega bo‘ladi.

Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Ta’lim departamenti boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilari uchun bepul onlayn darslarni ham tashkil qilmoqda.

Leptop yoki planshetlar shaxsiy kompyuteri bo‘lmagan 15 yoshli ba’zi o‘quvchilarga beriladi.

Ta’lim ishlari bo‘yicha kotib Gevin Uilyamsonning aytishicha, bu farzandlari bilan uyda bo‘lgan vaqtincha ishsiz ota-onalar «yelkasidagi yukni yengillashtiradi».

«Olimlarning tavsiyalari o‘zgarmaguncha maktablar yopiq bo‘ladi», deydi Uilyamson.

Farzandlarini o‘zlari o‘qitayotgan ota-onalar uchun hukumat haftasiga 180 ta onlayn darslar taqdim qilmoqda. 1-sinfdan to 10-sinf o‘quvchilari uchun darslar berib borilmoqda.

Leptop yoki boshqa kompyuter qurilmalari 10-sinf o‘quvchilariga beriladi, sababi ular kelasi yili O‘rta ta’lim umumiy sertifikati (shahodatnoma) imtihonlarini topshirishlari kerak.

Jami qancha leptop berilishi yoki ajratilgan byudjet haqida ma’lumot yo‘q. Kimlarga yordam berishni esa maktab va mahalliy hokimiyat hal qiladi.

Bundan tashqari, internetga ulanish uchun 4G routerlar ham beriladi.

Akademiya ishonchi xayriya tashkilotlaridan biri maktabda bepul ovqat bilan ta’minlanuvchi bolalarga berish uchun allaqachon 9 000 ta leptop va boshqa qurilmalar xarid qildi.

O‘QING: Beeline yana oltita saytga kirishni bepul qildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!