Malika bozorida narx-navo qanday?

Malika bozorida narx-navo qanday?

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan “Malika” maishiy texnika va elektronika yarmarkasi (“Fleshka” savdo markazi)ni aylanib, mazkur bozorda ko‘proq sotilayotgan mahsulotlar narxi bilan tanishtirishga qaror qildik.

Malika bozoridagi narx-navolar bilan tanishing:

Biz bozordagi umumiy narx-navoni SAMSUNG (37-do‘kon) mahsulotlari misolida solishtirib ko‘rdik. Bu narxlar boshqa do‘konlarga nisbatan 5-10$ ga farq qilishi mumkin. Umuman olganda esa bozorda narx-navo birdek.

Bugungi kunda eng ko‘p xarid qilinayotgan SAMSUNG S6 – 520 $, S5 – 400$, A5 – 290$, A3 – 220$;

APPLE IPAD R2-600$, ayfonlar – 600-720-800$ atrofida, planshetlar RAPTOR- 260$,

SAMSUNG GALAXY TAB S2 – 530$;

Noutbuklar bozori ham chaqqon.

ACER IH protsessor 6 Gb RAM 250 Gb SSD – 360 $

A 12 protsessor 32 Gb RAM, 2 terabayt ichki xotira – 2000$

LENOVO A7 protsessor 16 Gb RAM 1 terabayt SSD – 1600$

HP – OMEN A7 protsessor 32 Gb RAM 512 Gb SSD – 1470$

TOSHIBA QOSMIO X70 protsessor 32 Gb RAM 1 terabayt SSD – 2000$

Sotuvchidan bugungi kunga mos keladigan o‘rta darajadagi shaxsiy kompyuterni qismlab narxini hisoblab berishini iltimos qildik. Shunda quyidagicha narx hosil bo‘ldi:

Monitor: LG 1937 – 89$

M-B: ASUS H81M – K 54$

CPU: G-3250+ COOL – 52+5

OSU: 4096 – 1600 – 21$

HDD: 500 GB – 38$

VGA: GT 630 1024/128 DDR3 – 47$

DVD: RW – 16$

KEY: Sound friend – 9$

Speaker: USB mini – 5$ – JAMI – 336$

Milliy g‘ururimiz “ARTEL” kompaniyasining uyali telfonlari ham 100-900 ming so‘m atrofida sotilmoqda. Xullas, mentalitetimizdan kelib chiqqan holda siz yuqorida keltirilgan brendlar mahsulotlarini savdolashib, biz ko‘rsatgan narxdan arzonroq ham olishingiz mumkin. “Otang – bozor, onang – bozor” deb bejizga aytishmaganku, axir.

P.S: Sizni qaysi brend mahsulotlari ko‘proq qiziqtiradi, qaysi mahsulotlar haqida ko‘proq ma’lumot olmoqchisiz, bu haqda bizga yozib yuboring.